
Nagelsmann Germaniyada ish boshlash arafasida!
Yaqindagina Germaniya terma jamoasi Xans-Diter Flikni o‘z lavozimidan ozod qilgandi. Uning o‘rniga kelishi mumkin bo‘lgan mutaxassislar orasida Yulian Nagelsmann nomi ham bor edi.
Insayder Kristian Falk xabar berishicha, 36 yoshli murabbiy Germaniyaning keyingi bosh murabbiyi bo‘lish ehtimoli yuqori. Ayni paytda yakuniy tafsilotlar bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. Ushbu xabarni Fabritsio Romano ham tasdiqladi.
Ma’lumot uchun, Nagelsmann so‘nggi bor "Bavariya"da ishladi. Unga yozda Angliyaning bir qator klublari va PSJdan jiddiyi qiziqishlar bo‘lgandi.
Fikrlar