Namanganda VAR qo‘l keldimi yoki pand berdi?!

  • 8 aprel, 2021, 00:08
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 19
  • Futbol
CHERY AUTO

Biroz avval yakuniga etgan «Navbahor» – «Paxtakor» to‘qnashuvi muxlislarda ikki xil taassurot qoldirdi. 69 yoshli Viktor Jalilov shogirdlari Piter Xyuistra boshchiligidagi amaldagi chempionlarga qarshi munosib turib bera oldi. O‘yin keskin kurashlarga boy o‘tgan bo‘lsa-da, masalani VAR hal etdi. Keling, ushbu bahs va hakam qabul qilgan qaror haqida biroz suhbatlashamiz.

Tecno

Temp yuqori

kulщrulkrщlukr

Namanganda Toshkent klublari noqulaylik tug‘dirishi mumkin bo‘lgan eng katta omil – muxlislar. Bu uchrashuvda ham ular o‘z ishini a’lo darajada bajardi desak, adashmagan bo‘lamiz. Arenadagi fanatlarning olqishlari sababli, «Navbahor» bugun  bo‘yidan ham baland sakray oldi. O‘zining tartibli o‘yini va maydon markazini boshqarishi bilan ajralib turuvchi «Paxtakor» tuzgan rejalarining 70 foizi ish bergani yo‘q. Cheran kiritgan goldan so‘ng, «Navbahor» ikkinchi bo‘limda to‘liq agressiv pressing uyushtirishni boshladi. Futbolchilar raqibni Sanjar Quvvatov darvozasi oldida kutib olish uchun zonalarni berkitdi. Bu «Paxtakor» singari chiziqlardagi bog‘lamlari mustahkam bo‘lgan jamoaga qarshi ish bergani tahsinga sazovor. Jamoa jipslashgan holda harakat qildi. Oqibatda, «Paxtakor» hujumga chiqishda qiynaldi. Bir necha bor Quvvatov bo‘sh zonalar yo‘qligi uchun to‘pni oldinga tepib yuborishga ham majbur bo‘ldi. Vaholanki, «sherlar» ichki birinchilikda pressingdan chiqib ketishda qolganlardan bir bosh baland. «Navbahor» golga qadar juda ko‘p "brak" paslar ijro etdi, ammo bitta sifatli kombinatsiya tablodagi hisobni o‘zgarishi uchun kifoya qildi. Isoqjonov kerakli pallada kerakli joyda paydo bo‘ldi va hisob 1:1. «Lochinlar» gol kiritgach, o‘yin kartinasi umuman o‘zgarib ketdi. Buni sezgan Xyuistra darrov Sardor Sobirxo‘jaev o‘rniga Humoyunmirzo Iminovni maydonga tushirdi. Shu tariqa, «sherlar» maydon markazini qaytarib olishga urindi. O‘yin tugashiga bir necha daqiqa qolganida, Rashidov jarima maydonchasi ichida penalti ishlab oldi. Cheran 2-golni urdi va tablodagi hisob 1:2 ga o‘zgardi.

Xo‘sh, penalti bormidi?

ltsuщkpщukoru

Bu mavzu juda ham bahsli ekanligi aniq. Sababi, hakam videotakrorni kamida 10 marotaba ko‘rdi. Uzoq o‘yladi va 11 metrlik nuqtani ko‘rsatdi. Vaziyatni tahlil qilar ekanmiz, birinchi navbatda Sardor Rashidovning mahoratiga qoyil qolmaslikning imkoni yo‘q. Rashidov aynan penalti ishlash maqsadida himoyachilarni aldab o‘tishga urindi. Raqibning oyoqlari to‘pig‘iga tekkanini his qilgach, chiroyli yiqilib berdi. Bu vaziyatda uni ayblash noo‘rin. U «Paxtakor» futbolchisi va klub g‘alabasi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishi shart. Sardor o‘z xalqaro tajribasidan juda ham unumli foydalandi. Hakam esa, o‘sha kichik kontaktni penaltiga aylantirish borasida bir necha daqiqa ikkilanib qoldi. Vaholanki, o‘yin tempi va Rashidovning harakatlaridan kelib chiqsak, penalti belgilamaslik uchun hakamda imkoniyat yo‘q edi. Sardor barchasini shunday professional amalga oshirdiki, Firdavs Norsafarov nima qilishini bilmay qoldi. Himoyachi va Rashidov o‘rtasida kontakt bor edi, ammo bu penaltiga 100 foiz tortadimi? Katta ehtimol bilan, yo‘q! Biroq sportda sal-pal, degan atama yo‘q. Biror bir futbolchi salgina gol urish yoki ozgina qo‘pollik qilishi imkonsiz. Aniq faktlarga suyanadigan bo‘lsak, kontakt bor edi.

ulkщrlщuklrukr

Bu holat penaltiga 100 foiz tortmasligi ham rost, ammo yuqorida aytilganidek, futbolda oz-moz kontakt bo‘lishi mumkin emas. Kontakt bor demak, fol ham bor. Kontakt yo‘q, demak 11 metrlik nuqta ko‘rsatilmaydi. To‘g‘ri, hakam o‘yinning darajasi va uning tempidan kelib chiqib, 11 metrlik nuqtani ko‘rsatmasligi mumkin edi. Balki, uning qarori o‘yindan so‘ng unut bo‘lib ketishi ham mumkin edi. Firdavs Norsafarov VARdagi hamkasblari bilan maslahatlashgan xolda, nuqtani ko‘rsatdi. Sobiq FIFA referisi Ravshan Ermatovning eski intervyularidan biridan qiziq ma’lumot olgan edim. O‘sha suhbatda, har bir hakam o‘yinning tempini his qilishi va unga  qorishib ketishi lozimligi haqida fikr bildirilgan. To‘g‘ri, hakam bu o‘yinni yomon boshqarmadi, ammo o‘yinga qorishib ketishni  uddalay olmadi.

Eng qiziq tomoni shundaki, VAR ham bahsli vaziyatga oydinlik kiritgani yo‘q. Hakam ko‘rgan tasvirni barcha ko‘rdi va barcha o‘zicha xulosa chiqardi...

Tanganing ikki tomoni bor…

kedrdkelrke

Qaysidir ma’noda o‘yin taqdirini hal etgan hakamni oqlash mumkin, biroq bahsli vaziyatlarning negativ ta’siri ham mavjud. Ishonchsizlik, norozi kayfiyat va yo‘qolgan intriga. Bunday holatlar faqat bizning chempionatda sodir bo‘lmaydi. APL, La Liga singari etakchi birinchiliklarda ham uchrab turadi. Fojia yasash yoki boykot e’lon qilishdan hech kimga naf yo‘q. Shunchaki, kurashda davom etish kerak. Namangandagi o‘yinni boshqarib borgan Firdavs Norsafarovning vijdoni bor. U birinchi navbatda, o‘z vijdonidan kelib chiqib, shu qarorni qabul qilgan bo‘lsa kifoya. Qolgani muhim emas.  Bugungi o‘yindagi 3 ochko bilan «Paxtakor» muxlislarini tabriklaymiz. «Navbahor» muxlislariga  chiroyli atmosfera uchun minnatdorlik bildiramiz. Ortga tikilgan bilan hech narsani o‘zgartirib bo‘lmaydi. Yaxshisi, oldinga qadam tashlash kerak.

Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bekk_MUFC
08/04/2021 00:30
Menimcha penalti yoʻq edi
&
lochinlar navbahor
08/04/2021 00:26
Yaxyoxo'ja eplomapsiz maqolani butun boshli uzb kurgani siz kuromadizmi yoki sizam paxtaoydanmisiz ayniqsa sizda profesianalik bolishi kerakku yoki futboli tushunmaysizmi eplomasayiz yozmang xalqqa qarshi chiqip
Dmitrij Popow
08/04/2021 00:30
:)))
abdullo norsafarov
09/04/2021 01:13
Lokomotiv - Navbahor oyini esizdami?
Hakam VARni korgach Navbahorga 2ta penalti qoyib bergan.? Osha vaziyatlarda penalti qoymaganda nima degan bolardiz? Bilasmi 1ta qiziq faktni osh Lokomativ - Navbahor oyinida VARda kechagi hakam bolgan..? Ya'ni uning tavsiyasi bilar 2ta penalti Navbahorga berilgan. Shunchaki odamzod unutuvchan
&
lochinlar navbahor
09/04/2021 07:45
Kimi bolasan bilmadiku bitta man ayblayotganim yuq butun xalq kurrdiku lokomativga kesak 200% lik mamentlar edi kuzi kur xam berardi karoche kiming bolsa xam etkazip quy ozgina xudodan qurqsin vijdonsiz ekan namanganga bir kear
abdullo norsafarov
10/04/2021 01:32
Sizga hurmat saqlab sizlab murojat qilinganda shunaqa javob qaytarsez yaxshi bolardi birodar.
Ortiqcha gaplaga orin yoq) faoliyati davomida hali kop borsa kere Namanganga.. borganda nima bolardi? Muxlislani tartibsizligi, beodobligi oylamasdan qilgan harakati sababli faqat klub zarar koradi. Siz Navbahor muxlislaridan boshqa klublar muxlislaridanam, professionallardan sorab kordizmi fikrlarini? Man soradim, 95% futbolni tushunganlar penalti bor deyishdi) xulosa qilishga shoshilmiman: yoki siz futbolni tushunmisiz qoidalarni bilmisiz yoki man fikrini soragan va futbolni ichida yurgan odamlar...
&
lochinlar navbahor
10/04/2021 07:39
Futbol tushinish borasida siz b.n ochiqchasiga baxslasholayman konyaktga kesak mani shaxsiy fikrm bor man birovlardan suramiman penaltig tortmasida tembole uyin mavqeyidan kelip chiqip shu roliki uefani eng zor xakamlariga junatilsa xam ularam tasqiglasa kerak nima qilasiz uzizi uziz aldap qarindoshiz qancha oylanip qoldi bersamikan yoqmi dep buyruq tinmay bolyapgandi berasan penaltini dep sizdan iltimos shu bola kimiz bolsa xam aytip quying vijdonsizlik qilmasin
&
lochinlar navbahor
10/04/2021 07:41
Futbol tushinish borasida siz b.n ochiqchasiga baxslasholayman kontaktga kesak mani shaxsiy fikrm bor man birovlardan suramiman penaltig tortmasida tembole uyin mavqeyidan kelip chiqip shu roliki uefani eng zor xakamlariga junatilsa xam ularam tasqiglasa kerak nima qilasiz uzizi uziz aldap qarindoshiz qancha oylanip qoldi bersamikan yoqmi dep buyruq tinmay bolyapgandi berasan penaltini dep sizdan iltimos shu bola kimiz bolsa xam aytip quying vijdonsizlik qilmasin
abdullo norsafarov
14/04/2021 11:47
Aka siz agar qiziqsez, sizga kere bosa VAR qoidalarini tarjimasi bilan tashlab beraman.. VARda faqatgina shu vaziyat korilmaydi. Shu vaziyatgacha bolgan holatlar hamasi korib chiqiladi yani golga olib kelgan hujumni boshidan takror koriladi. Tartibi shunaqa. Shu vaziyatda hakam dastlab ofside ni, keyin Rashidov topni qabul qilganda qol bilan oynagan oynamaganini, undan keyin aynan shu holatni qaragan, VAR ekraniga kelayotgan signal ochib qogan, VAR tarafidan berilgan 3ta kamerada vaziyat aniq korinmagan 4 kamerada aniq koringan shuncha vaqt ketadi. Qaror qabul qilishiga 30 sekund vaqt ketgan shuncha faktor bomaganida 85minutda penalti tepilgan bolardi.
Telegramda @Therefereepro kanali borib korsez butun jahon futbolida boladigan bahsli vaziyatlar qoyib boriladi futbol qoidalari boyicha togri qarorlari asoslangan holda. Balki shunda hakamlarning ishiga baho berishda fikriz ozgargan bolardi. Yana qaytaraman ozimam futbol oyniman va mani faoliyatimdayam bunaqa holatlar kop uchraydi. Lekin yozilgan qoidalardan chetga chiqaolmaymiz
&
lochinlar navbahor
14/04/2021 18:48
Xop sizningcha xakamlar xaq siz xam futboli yaxshi tushunarkansiz sizga savolim bor xop deylik kamera ishlamadi deylik nimaga 6-7minut kurip 5-minut qoshdi kechagi bavariy b.n psj oyinini kurdizmi qanaqa xolatlarga penalti qoyilmadi mani tushuncham futbol erkaklar uyini kantaklarga tola oyin futbol yani var butun dunyo boyicha bir xilmi qoidalari yoki bizi uzbda boshqachami siz tan oling paxtakor xalol oynomaydi metalurg b.n afsaydan urilgan golchi namangan axli xam axmoqmas bekordan bekor ayblaydigan nasaf b.n sugdiyona b.n oyinlarda bunaqa qimadiku muxlislar
Dmitrij Popow
08/04/2021 00:29
Пенальти должен быть или 100%, или вообще никаким. То есть понятия "спорный пенальти" не должно быть. Он решил, что был... // Я бы такой пенальти не дал; а Рашидов ещё и симулировал травму, заметили? Касание по ноге если и было, то мизерное, а не такое, чтобы потом валяться на траве и держаться за ногу, будто её трамвай переехал. Этим поведением Рашидов "наиграл" на ЖК.
Но я не виню судью, он так решил из-за мизерного контакта. Значит, строго по мелочи решил: есть контакт - есть фол. Наказывать его смысла не вижу, если не будет доказан умысел помощи "Пахтакору". Думаю, что не будет, и он не полетит с работы.

P.s. Ещё раз ставлю свой взгляд, не споря с судьёй: Я ТАКОЙ ПЕНАЛЬТИ НЕ ДАМ. А ещё я дам ЖК Рашидову за симуляцию травмы - неспортивное поведение. (Встань он там просто и иди дальше - нет ЖК, просто игра продолжится.) Но это МОЁ мнение. И я на нём стою окончательно, другое не приму, потому что сам вижу и понимаю футбол и правила, поведение игроков и судей.
&
kokand2006
09/04/2021 08:57
Varam foyda bermidi korupsiya busa
Umarjon G'oyifov
08/04/2021 08:27
Икки дона камера билан WAR бўладими, фақат бир томондан кўриляпти. Бунақа варни боридан йўғи яхши. Хакам пенальтини пахтакор учун қидириб топиб берди. Бу холатда пенальти берилмаган тақдирда хам, барибир бошқа бир холат қилиб бўлса хам пахтакорни ғалабасини таъминларди. Минг афсус бизни футбол барибир манашу иллатлардан холи бўла олмайди
abdullo norsafarov
09/04/2021 01:06
2 dona kamera haqida balki haqdirsiz qoyilgan 5ta kamera butun maydon boylab bolayotgan vaziyatlani toliq korsatib bera olmaydi, asta sekinlik bilan rivojlanish boladi)
Lekin shu oyin uchun hakamlikka nisbatan bildirayotgan fikrizga qoshilmiman.. hakam mani ukam bolgani uchun emas ozim futbolchi bolganim uchun. Oyin payti katta tezlik yugurayotgan oyinchiga salgina tegib ketsez 5-6 metrga dumalab yiqiladi, kichkina kontakt sizi golli vaziyatizi yoq qiladi kechagidek) siz shu vaziyatni qayta koring shu kontakt bomasa rashidov ong oyogida gol uriwi mumkin edi, oyin davomida penalti berilmadi VAR tavsiyasiga kora vaziyat korib chiqildi, VAR tasvirlarini butun UZB kordi siz Navbahor muxlislari uchun bu penalti emas, Paxtakor muxlislari uchun-chi, ular hakamni qoralamasmidi? "Paxtakorga boshqa bir holat qilib bolsa ham" - kechirasiz Navbahor futbolchilari bu vaziyatgacha olib keliwlari kerakmasidi
Fifa hakamlar uyushmasi tomonidan yoziladigan futbol qoidalari deyarli har yili ozgaradi yoki qoshimcha kiritiladi siz shu qoidalarni hech bomasa bir marta oqib chiqqanmisiz? Eng achinarlisi Uzbda hatto professional futbolchilar ham qoidalarni toliq bilishmidi muxlislar uyoqda tursin, shu sababli bizning futbol rivojlanmidi..
Umarjon G'oyifov
09/04/2021 08:57
Унда сиз мандан яхши тушунасиз футболни. Хакам ўйинни темпини ушлаш учун хам пенальтини бермаслик керак эди. Бечора хакам кимларнидир топшириғини бажараман деб ёмон отлиққа чиқди. Яна билмадим.
&
12/04/2021 13:15
Рашидовни хеч Канака катта тезлиги йук Эди.
Сиз ечл. Бавария ПСЖ уйинини Бир куринг
2 та Канака контакт учун пенальти бермади хакам.
Бизни уйинда Уша вазият учун рашидовга сарик карточка бериши керак Эди. Шунда йуколади Пахтакор ни Хар Сафар пенальти хисобига галаба козониши.
&
12/04/2021 13:15
Рашидовни хеч Канака катта тезлиги йук Эди.
Сиз ечл. Бавария ПСЖ уйинини Бир куринг
2 та Канака контакт учун пенальти бермади хакам.
Бизни уйинда Уша вазият учун рашидовга сарик карточка бериши керак Эди. Шунда йуколади Пахтакор ни Хар Сафар пенальти хисобига галаба козониши.
Umarjon G'oyifov
08/04/2021 08:27
Икки дона камера билан WAR бўладими, фақат бир томондан кўриляпти. Бунақа варни боридан йўғи яхши. Хакам пенальтини пахтакор учун қидириб топиб берди. Бу холатда пенальти берилмаган тақдирда хам, барибир бошқа бир холат қилиб бўлса хам пахтакорни ғалабасини таъминларди. Минг афсус бизни футбол барибир манашу иллатлардан холи бўла олмайди
Рустам Содиков
08/04/2021 06:45
Навбахор факат 2-таймда аклли уйин курсатди. Гол урган вазиятидаги комбинацияни укув кулланмаси килса булади. Пенальти бор эди. Рашидов яхши уйинчимас,ушбу вазиятда у гол уришга уриниш уррига пенальти ишлашга уринди. Вахоланки уша йикилишидан олдинги лахзаларда унда тупни дарвозага тепиб гол уриш учун зур имконият булган эди,лекин тепмай канотга караб кетди.