
Naomi Osaka bosh sovrinini munosib himoya qilmoqda
Yaponiyalik tennischi Naomi Osaka "US Open" musobaqasining uchinchi davrasida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Naomi turnirning ikkinchi davrasida polshalik Magda Linettga qarshi o‘yin o‘tkazdi. Kutilganidek ushbu uchrashuvda Osaka 6:2, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa Osaka Amerika ochiq chempionatining uchinchi bosqichida amerikalik Kori Goff, yoki vengriyalik Timea Babosh bilan kuch sinashadigan bo‘ldi.
Fikrlar