Narxi tushib ketgan yulduzlar

  • 10 oktabr, 2023, 15:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Transferlarga ixtisoslashgan Transfermarkt portali Angliya Premer-ligasining transfer narxi keskin pasaygan futbochilari nomini ma’lum qildi.

Tecno

Unga ko‘ra, transfer narxi eng ko‘p pastlagan futbolchi sifatida “Chelsi” himoyachisi Uesli Fofana qayd etilgan. Uning hozirgi transfer summasi 15 millionga kamayib, 40 million evroni tashkil qilyapti.

“Tottenxem” yarim himoyachisi Per-Emerik Xyoyberg va “Manchester Yunayted” rahbariyati bilan chiqisha olmay qolgan Jeydon Sancho 13 million evroga arzonladi. Endi har ikki o‘yinchini 32 million evroga transfer qilish mumkin.

Ko‘p jarohat olayotgan “Chelsi” sardori Ris Jeyms, ayollarga nisbatan zo‘ravonlik qilishda ayblangan Antoni va Jorjinoning transferi 10 million evroga pasaygan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!