
"Nasaf" - "Neftchi" o‘yini oldidan ustunlik kimda?
Superliganing 21-turidagi markaziy bellashuv 7 oktyabr kuni Qarshida bo‘lib o‘tadi. Shu kuni “Nasaf” Farg‘onaning “Neftchi” jamoasini qabul qiladi. Uchrashuv 7 oktyabr kuni soat 18:30 da start oladi.
«Neftchi» jamoasi bilan o‘zaro uchrashuvlardagi faktlar bilan tanishing:
Jamoalar O‘zbekiston chempionatida hozirga qadar 49 bor kuch sinashishgan. Bo‘lib o‘tgan 20 uchrashuvda “Nasaf”, 18 o‘yinda esa “Neftchi” g‘alaba qozongan. 11 uchrashuvda esa tomonlar murosaa ko‘chasini tanlashgan.
To‘plar nisbati 65:56 ga teng. Ustunlik “Nasaf” tomonida.
O‘zaro uchrashuvlarda qayd etilgan eng yuqori hisoblar quyidagicha: “Nasaf” – “Neftchi” - 4:1, “Neftchi” – “Nasaf” - 4:0.
E’tiboringizga Qarshi bo‘lib o‘tgan so‘nggi besh uchrashuv natijalarini havola etamiz:
07.11.2022 Nasaf — Neftchi 0:1
04.11.2018 Nasaf — Neftchi 2:0
14.05.2018 Nasaf — Neftchi 2:0
06.05.2017 Nasaf — Neftchi 2:0
04.11.2016 Nasaf — Neftchi 3:1
“Nasaf” matbuot xizmati.
Fikrlar