"Nasaf" rahbarlari o‘zi o‘tirgan shoxni arralayapti(mi)? Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev maqolasi

  • 20 yanvar, 2022, 21:00
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 10
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Qarshi klubi O‘zbekiston Kubogini yutib, OChL saralashi uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritganida, yangi mavsumda moliyaviy ahvol ancha yaxshilanishidan umid qilgan edim. Afsuski, hech narsa o‘zgarmaydigan ko‘rinadi. Rahbariyat o‘z "stil"ida davom etayotgandek. Ana-mana, deguncha, "Baniyas" bilan o‘yin. Klub esa, Sharof Muhitdinovning transferini rasman e’lon qilishni uddalay olmadi. Kuchli legionerlar haqida-ku, gapirmasa ham bo‘ladi. "Nasaf" so‘nggi yillarda nafaqat Qashqadaryo, balki butun O‘zbekiston xalqining sevimli jamoasiga aylanib ulgurdi. Shunday ekan, endi ayrim insonlar xalq klubi bilan xohlaganini qilishi mumkin emas!

photo_2022-01-13_16-56-08

"Nasaf" xalqaro maydonda yurtimiz sharafini himoya qiladi. Boz ustiga, agar "Baniyas"dan o‘tsa, "Sug‘diyona"ni ham o‘zi bilan OFK tasnifidagi musobaqaga olib chiqishi mumkin. Bunday muhim pallada sifatli transferlar "ajdarlar" uchun ayni muddao bo‘lishi aniq. Afsuski, klub Abdilae Diakiete  bilan yuzaga kelgan mojaro sababli hali o‘z tarkibini kuchaytira olgani yo‘q. Eng achinarlisi shunda-ki, bu klub rahbarlarining e’tiborsizligi sababli yuzaga kelgan vaziyat. FIFA ogohlantirish xatini o‘z vaqtida yuborgan, biroq hech kim jamoa pochtasini tekshirib ko‘rishga vaqt topmagan. Natijada, FIFA jamoaga transfer taqiqini qo‘ydi. Kichik e’tiborsizlik sababli muhim o‘yinlar oldidan Berdiev jamoani qanday kuchaytirish haqida bosh qotirishga majbur. Menga kelgan ma’lumotlarga suyanadigan bo‘lsak, o‘z vaqtida bu masala borasida ish olib borilganida, hammasi arzimagan pul evaziga bosdi-bosdi bo‘lib ketishi kerak edi. Endi, o‘zi shundoq ham akademiyadagi tarbiyalanuvchilarga oziq-ovqat etkaza olmayotgan "Nasaf" 100 ming dollar jarima to‘lashi shart. Eh, e’tiborsizlik qursin, e’tiborsizlik! O‘zi avvalroq, 2020 yilda klubni OFK litsenziyasidan o‘tkazish masalasida qilingan hafsalasizlik jamoaga qimmatga tushgandi. Balki qo‘lida puli, tarkibida kuchli futbolchilari yo‘q Ro‘ziqul Berdiev "Nasaf" bilan natija qayd etishiga ishonishmagandir. Yana kim biladi deysiz?!

nematov

So‘nggi yillarda o‘zbek futboliga yangi nomlarni etkazib berishdan to‘xtamayotgan "Nasaf"ning akademiyasiga ortiqcha ta’rif berishning hojati yo‘q. Klubda turli lavozimlarda ishlagan va hozirda ham faoliyat olib borayotgan insonlar bilan suhbatlashgach, bugun akademiyadagi bolalarning avholiga havas qilib bo‘lmasligini chuqur his etdim. Adashmasam, 5 yanvar sanasida egulik taqchilligi kuzatilgach, klub bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiev yonidan xarajat qilib, yigitlardanga ul-bul olib borgan. Zar qadrini zargardan boshqa yana kim ham bilardi?! Klub rahbarlari akademiyadan chiqayotgan futbolchilar bilan maqtanishga haqqi bor, ammo bu mantiqqa qanchalik to‘g‘ri keladi?

berdiyev banner

Ortda qolgan 10 yil davomida Berdievning "Nasaf"i ko‘plab futbolchilarni yangi darajaga olib chiqdi. Shunga qaramay, keling, hisob-kitob qilamiz. Har yili klub akademiyasini 40-50 nafar yosh futbolchi bitiradi. Ularning soni 10 yilda 400 yoki 500 bo‘ladi. "Nasaf" esa, nari borsa 60-70 tasini jamoada olib qoladi. Bu tarbiyalanuvchilarning atigi 20 foizi katta futbolda o‘z "non"ini topib ketadi, degani. Akademiya Berdievdan-da kattaroq kuch bo‘lsa, nega qolgan 80 foiz futbolchilar MTJ u yoqda tursin, Superliganing grandlari darajasiga ham ko‘tarila olmaydi? Mayli, bu savol o‘z yo‘liga.

Meni boshqa narsa o‘yga soldi. Agar "yulduzlar fabrikasi" singari iste’dodlarni etkazib berayotgan akademiyada ahvol shu darajada og‘ir bo‘lsa, qolgan klublarda nimalar bo‘lyapti? O‘zbekiston U14 va U16 jamoalari ishtirok etgan O‘zbekiston chempionati bahslarini to‘liq tomosha qildim. Sizni ishontirib aytishim mumkin-ki, klubning bu yoshdagi futbolchilari asosiy jamoa singari g‘oliblik uchun da’vogarlik qila olmadi. Ha, "Nasaf" U16 finalga qadar etib bordi, ammo "Paxtakor" bilan o‘yinda klass yaqqol ko‘zga tashlandi. "Ajdarlar" o‘sha bahsda maydonda raqibga barcha jihatlarda engildi. O‘smirlarning taktik ko‘nikmasi, maydondagi intellekt va fikrlashi, jismonan hamda ruhan tayyorgarligi raqibnikidan ancha pastroq ekanligini yaqqol ko‘zga tashlandi. Bu "Nasaf"ning asosiy jamoasi yutuqlari fonida ko‘rinmay ketishi mumkin. (Videoda O‘zbekiston U16 chempionati final bahsida qarshiliklar darvozasiga kiritilgan 4-gol).

Yoshlar futboli-ku, mayli, ammo "Nasaf"ning futzal jamoasi-chi? Bu umuman boshqa mavzu, ammo o‘rni kelganida fikrimni bildirib o‘taman. Yaqinda ish yuzasidan O‘zbekiston futzal oliy ligasidan 5-turidan o‘rin egallagan barcha bahsini tomosha qildim. Men futzal mutaxassisi emasman, ammo oddiy narsalarni tushunaman. Yuqori pog‘onalar uchun kurash olib boradigan jamoalarda futzalchilar soni kamida 12-15 ta bo‘lishi shart. 2 ta to‘rtlik va ularni charchab qolganda almashtirishga qodir yana 3-4 o‘yinchi. Har holda, futzalchilar soni ko‘p bo‘lsa, qolganlar parketda "svejiy"roq to‘p tepishi mumkin. Ochig‘i, "Nasaf"ning AGMKga qarshi uchrashuvini ko‘rib, qarshilik futzalchilarga rahmim keldi. Olmaliqliklar tarkibida kuchli futzalchilar bilan birgalikda, teng kuchli ikkita to‘rtlik bor. "Nasaf" esa, o‘sha bahsga bor-yo‘g‘i 7 ta o‘yinchi bilan keldi. Zaxiradigalarning darajasi va ulardan biri darvozabon ekanligini inobatga olsak, 6 ta futzalchi! Tasavvur qilyapsanmi, Karl, 6ta! Achinarlisi shunda-ki, "ajdarlar"ning asosiy tarkibidagi yigitlar klass jihatidan O‘zbekiston chempionatidagi birorta futzalchidan kam emas, lekin kuchli charchoq sababli o‘yin yakunida gollar o‘tkazib yuboraverdi. Nahotki, butun boshli Qashqadaryoda to‘liq 12 ta futzalchi topilmagan bo‘lsa? Raqib son jihatidan ko‘p ekanligi uchungina mag‘lubiyatga uchrayotgan "ajdarlar"ni tashqaridan tomosha qilib, ularga achinib ketdim. Bilmadim, balki klubda bir vaqtning o‘zida 15 futzalchidan iborat jamoaga maosh to‘lash imkoniyati yo‘qdir. Yoki boshqa sabab bormikan?!

futsal nasaf - loko

Jamoaga oid bundan ham achchiqroq haqiqatlar haqida yozishim mumkin edi, ammo "Nasaf" muxlislari bundan ortig‘ini hazm qila olmasligi mumkin. Aslida, shu mavzuga oid jurnalistik surishtiruv olib bormoqchi edik. Afsuski, klubga aloqador hech kim yordam berishni istamadi. Kimdir ishini yo‘qotishdan qo‘rqdi, boshqasi kamerada ko‘rinish berishdan bosh tortdi. "Och qornim tinch qulog‘im" maqolini shiorga aylantirganlardan xafa emasman. Barchaning o‘z haqiqati bor. Men esa, bular haqida bila turib, indamay o‘zimni futbolimiz uchun jon kuydirayotgan jurnalistdek ko‘rsatishni o‘zimga ep ko‘rmadim.

"Nasaf" tizimida bo‘layotgan ishlar haqida bir emas, o‘nlab insonlar aytgan so‘zlar kayfiyatimni tushurib yubordi. Men bir tomonni eshitib xulosa chiqarishdan yiroqman. Shu bois, agar klub rahbarlari vaziyatga va men maqolada keltirib o‘tmagan boshqa ma’lumotlarga izoh bera olishsa, ularni eshitishga tayyorman. Balki, ulardan biri bizning "YouTube"dagi jonli efirimizda ishtirok etish va savollarimizga javob berish orqali vaziyatga oydinlik kiritish uchun o‘zida kuch topar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Бруно
20/01/2022 22:48
Бунёдкорни асли хомийи нимани хисобиги эди!? Шунга қайтарилсин ёки тошкентдан газ чиқиб ётган жой борми? Насафни рисқи қаердан қийилаётганини билиб турибсизларку! Бунёдкор га ўзбекнефтгаз хомийлик қилиши керак десанглар бошқа вилоятларга хам бириктиринглар унда ўзбекнефтгаз ни хомий қилиб ёки икковини хам бирдай таминлаб қуйсин уйлашича насаф рахбариятида хам унчалик айб йўқ хаммаси пулга бориб тақалади хомий ажратиб ётган булсада рахбарияти еб ётган бўлса эди у бошқа гап эди бу ерда энг катта айб тошкентда якка хокимлик урнатмочилигида бош омон бўлса кураверамиз
Akmal Ashurmahmadov
20/01/2022 21:32
Oʼzbek neft-gaz jamoa homiysi Qashqadaryo gazni 90% ini ishlab chiqaradi .Nahotki Qashqadaryo jamolarini moliyaviy ta'minlamasa .Nasaf raxbarlari ishlamedi umuman klub oʼzi topgan pulni ham togʼri yoʼlga sarflomedi.Boshqa klubla natija koʼrsatmasa ham moliyaviy taʼminlab qoʼyibdi.Oʼzbekistonda natija koʼrsata oladigan klubga qaraydigan birorta mutassadi topilmasa .UFA qayerga qarayapti .Bunaqa maqolala kerakmas hamma ham bilib turibdi Nasafda qanaqa holat ekanligini .Amalda ish bajarish kerak .Bitta chiqarilgan maqola orqali hech narsa oʼzgarmedi.
Кахрамонжон Сафаров
20/01/2022 22:00
Нима киласизлар Рузикулдан айб ахтариб хар нарсани Тошкент хал киладику , Пахтакор , Бунёдкор ва бошка Тошкент клубларида муаммо булса жимгина ечилиб кетаверади агар Насаф ,Навбахор ва бошка вилоят жамоаларда чумчук учсаям ёр-ёр килиб ташлайсизлар , Тошкентда соккани килиб кун куриб юрган УФФ ёки ПФЛ ни зур мутахассислари шундай муаммоларни олдини олиб анализ килиб турса обруи тушиб коладими , уятинглар МТЖ ва айрим нольга тенг жамоаларни юзини ёруг килиб УЗБЕК Футболи улмаганини исботлаб турган Н А С А Ф клуби-ку , УЗБЕКни ифтихорини куллаш керак , озгина виждонларингни кийнаб яхши томонга хам юраверинглар жаноб зурдан-зур Тошкентлик мутахассислар,Н А С А Ф факат ОЛГА мени кулимдан юракдан куллаш келади холос
&
Zamon
21/01/2022 10:30
Shu koronaverus nega pulni deb vijdonni ham raqsga tushirayotgan laganbardorlarga kelmadiya essiz essiz.
&
Бруно
20/01/2022 23:44
Санларни кимдир чақирса борасанларми? Демак насаф очлда офкда уйнаган пайтлари суратга тушуш учун чақирарканда сизларни бизлар билмас эканмиз чем асиянику биламиз қандай канал кимлар ишлайди! Албатта дуст яхши кунда борадда туғрими!!???
Akmal Ashurmahmadov
20/01/2022 23:08
Zayniyev davrida gullab yashnagan Nasaf.Yaratilgan imkoniyatdan foydalanib OFK kubogini yutgan.Paxtakor nima qildi faqatgina Oʼzbekiston chempionligi yana hakamla yordami bilan.Homiysi tikkan pullani ham qoplamadi zararga ketdi keyin homiysi ham ketdi . Paxtakor yoki boshqa klublarda bor moliyaviy imkoniyatlar Nasafda boʼlganda ochlda ham natija koʼrsata olardi.Navbahorda ham moliyaviy imkoniyatlari yaxshilandi Sabab Odil Ahmedov UFA ga ishga oʼtdi.Baliq boshidan sasiydi degandek UFAni kalamushlardan tozalash kerak.Asli hammasini qilib turganlar UFA PFL .
Akmal Ashurmahmadov
20/01/2022 23:08
Zayniyev davrida gullab yashnagan Nasaf.Yaratilgan imkoniyatdan foydalanib OFK kubogini yutgan.Paxtakor nima qildi faqatgina Oʼzbekiston chempionligi yana hakamla yordami bilan.Homiysi tikkan pullani ham qoplamadi zararga ketdi keyin homiysi ham ketdi . Paxtakor yoki boshqa klublarda bor moliyaviy imkoniyatlar Nasafda boʼlganda ochlda ham natija koʼrsata olardi.Navbahorda ham moliyaviy imkoniyatlari yaxshilandi Sabab Odil Ahmedov UFA ga ishga oʼtdi.Baliq boshidan sasiydi degandek UFAni kalamushlardan tozalash kerak.Asli hammasini qilib turganlar UFA PFL .
Shaxzod Shonazarov
20/01/2022 22:49
Туйдик рахбариятни ковунларидан санларга оллох инсоф берсин шунака клуба еххх рузукул бумаганда про лигада юрардик уят енди академияниям бокаяпдими санларниям текширадиган биронта борми уларам санларга ухшаганми кани 1 милион узбекнефтгаз кашкадаредаку нимага хомийлик кимайди асаблар
&
Турсунов Рамазон
21/01/2022 12:14
Насаф кулибига амалий ёрдам бериш керак сабаб Насаф кучайса бундан Узбек футболи ютади УФА каекка караётибди ёрдам бериши керак сабаб ойликни олиб футболни ривожлантирмаса кулиб кучайса Терма жамоа кучаядику максад футболни ривожлатириш хаммамизни бурчимиз Насаф халк жамоаси хаммамиз ёрдам берайлик
Baxil Alihuja
28/01/2022 17:51
Насафда хам бутун Узбекистондаги ахвол! Рахбарлар ношуд! Лекин футболчилар ва мураббий хакикий фидоий! Хомийлар эса Ватанимизни шарманда килувчи жамоасига мажбуран хомийлик килишга мажбурланади.