
"Nasaf"ning ilk nazorat bahsida kimlar maydonga tushdi?
Yaqinda xabar berib o‘tganimizdek, “Nasaf” Turkiyadagi ilk o‘rtoqlik uchrashuvida Kosovoning “Llapi” jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi.
“Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiev tanlagan tarkib bilan tanishing:
«Nasaf»: Umidjon Ergashev, G‘olib G‘aybullaev, Igor Golban, Akmal Mozgovoy, Oybek Bozorov, Javohir Sidiqov, Islom Kenjaboev, Doniyor Narzullaev, Murodbek Rahmatov, Shahzod Akramov, Bekjon Jo‘raboev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Zafar Hakimov, Javohir Otamurodov, Marko Stanoevich, Temur Chogadze, Nodirbek Mukarov, Asliddin Tursunpo‘latov, Viktor Da Silva.
Gollar: I. Kenjaboev 75ʼ (P), M. Chernaverni 84ʼ, V. Da Silva 90ʼ
Fikrlar