
"Navbahor" super himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin
Belarusiyalik himoyachi Sergey Karpovich "Navbahor"ga o‘tishga yaqin. Bu haqda "Bel Inside" xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, "Neman" klubining 30 yoshli futbolchisi yaqin kunlarda Namanganning "Navbahor" klubi bilan shartnoma imzolashi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, futbolchi ketma-ket ikki yil davomida Belarus chempionatining eng yaxshi himoyachisi deb tan olingan.
Fikrlar