"Navbahor" uchun qiyin taqvim yoxud Kanchelskisni kutayotgan jiddiy sinovlar

  • 12 fevral, 2020, 15:30
  • Bekzod Isayev
  • 8
  • Futbol
CHERY AUTO

Superliga birinchi davra taqvimining e’lon qilindi. Unga ko‘ra "Navbahor"ni dastlabki turdanoq jiddiy sinovlar kutayotganini ko‘rishimiz mumkin.

Tecno

Ilk turni "lochinlar" Toshkentda "Paxtakor"ga qarshi o‘tkazishadi. To‘g‘ri, bu uchrashuvga Namangandan ko‘plab muxlislar tashrif buyurishi va o‘z suyuklilarini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda. Ammo raqib amaldagi chempion va hozirgi kunda eng yaxshi formada, kuchli tarkibga ega bo‘lgan "Paxtakor".

9291568584052

Ikkinchi o‘yinda "Lokomotiv" Namanganda mehmon bo‘ladi. Bu bellashuvga qiziqish juda yuqori. Sababi "Navbahor"ning dastlabki uy o‘yini va raqib ham shunga yarasha kuchli jamoa. To‘g‘ri, "temiryo‘lchilar"ni bir qator etakchilar tark etdi. Biroq jamoada g‘oliblik, chempionlik ruhi bor. 

Keyingi o‘yin vodiy derbisi. Andrey Kanchelskis shogirdlarini Andijonda "burgutlar" kutmoqda. "Andijon" klubi tarkib va futbolchilarning mahorati borasida "Navbahor"ga raqobat qila olmasa-da, o‘yin derbi maqomidaligi bois mazkur bahsga mezbonlar boshqacha e’tiborda bo‘lishadi. Buni jamoalarning avvalgi natijalarida ham ko‘rganmiz.

3001558815004

Derbini o‘tkazib olgan "Navbahor" engil tin olmasligi bor gap. Chunki "lochinlar" Qarshiga parvoz qilishlari kerak. "Nasaf" har yili yo‘qotishlarga uchraydi, Jamoani etakchilar tark etadi. Biroq Ro‘ziqul Berdiev har gal ketganlarning o‘rnini to‘ldira olish xususiyatiga ega. Shu bois bo‘ajak uchrashuv anchagina qizg‘in ruhda o‘tishiga shubha yo‘q.

Bu o‘yinlardan “Navbahor” qanday holatda chiqishi noma’lum. Salbiy natijalar qayd etilsa, “Buxoro”ga qarshi bahsda ochko yo‘qotilsa, Andrey Kanchelskisning kursisi qimirlab qolishi mumkin. Aksi kuzatilsa, jamoa o‘z maqsadlari yo‘lida imkoniyatlarini yaxshilab oladi.

Bu shunchaki taxminlar xolos. Nima bo‘lishini vaqt ko‘rsatadi. Eng asosiysi, siz-u biz chiroyli o‘yinlar ko‘rib, bir-biridan ajoyib gollar shohidiga aylansak bo‘lgani.

7931568583902

Quyida "Navbahor" birinchi davrada qachon va kimlar bilan o‘ynashi borasida ma’lumot olishingiz mumkin:

1-tur, 27 fevral, payshanba

Paxtakor – Navbahor

2-tur, 6 mart, juma

Navbahor – Lokomotiv

3-tur, 15 mart, yakshanba 

Andijon – Navbahor

4-tur, 20 mart, juma

Nasaf – Navbahor

5-tur, 4 aprel, shanba

Navbahor – Buxoro

6-tur, 12 aprel, yakshanba

Metallurg – Navbahor

7-tur, 19 aprel, yakshanba

Navbahor – So‘g‘diyona

8-tur, 26 aprel, yakshanba

Bunyodkor – Navbahor

9-tur, 1 may, juma

Navbahor – Qizilqum

10-tur, 16 may, shanba

Surxon – Navbahor

11-tur, 23 may, shanba

Navbahor – Mash’al

12-tur, 13 iyun, shanba

AGMK – Navbahor

13-tur, 28 iyun, yakshanba

Navbahor – Qo‘qon-1912

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Azim Xudayberdiev
12/02/2020 16:59
Вакт олий хакам жужани кузда саналади
&
MTJmuhlis
12/02/2020 15:45
Админ юксак максадлар сари кадам ташлаган НАВБАХОРГА БУНИ кизиги ёк чунки ертами кечми барибир шулар билан уйнайди буёгини вакт курсатади тугри тангани икки томони бор лекин ниятимиз яхши
Шариф Абдурахимов
13/02/2020 11:50
Сал кучрок командалар Билан уйнаб мослашиб кейин уйнаганда яхши буларди
Шариф Абдурахимов
13/02/2020 11:49
Сал кучрок командалар Билан уйнаб мослашиб кейин уйнаганда яхши буларди
&
U 7
12/02/2020 16:15
Islom Rashidhonovni sotib olib qanaqasiga jamoa rahbarlari 1 yillik shartnoma tuzishdi hayronman. Eng ahmoqona ishku. Sotib olayotganda kami 3 4 yillik shartnoma tuzish kerak emasmi?
&
lochin
U 7
12/02/2020 21:39
уч турт йиллик шартномага арзимиди отаси ва бобоси хурмати сотип олинди