"Neftchi" "Axmat" klubiga yutqazdi

  • 4 fevral, 2024, 01:28
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi" Turkiyaning Antaliya shahrida tayyorgarlikning ikkinchi bosqichini o‘tamoqda va rejaga ko‘ra bir qator nazorat uchrashuvlarini o‘tkazishni rejalashtirgan. Bu safar rejadan o‘rin olgan navbatdagi bellashuvda futbolchilarimiz Rossiyaning "Axmat" futbol klubi bilan maydonda yuzlashdi.

Tecno

Uchrashuv teng kurashlar ostida kechgan bo‘lishiga qaramay, o‘yin taqdirini rossiyaliklar vakili Bernard Berisha tomonidan 2-daqiqada kiritgan yagona goli hal qildi 1:0.

Navbatdagi nazorat bahsini "Neftchi" a’zolari 7 fevral kuni o‘tkazishadi. Shu kuni sparring-raqib Qozog‘istonning "Jetisu"  klubi bo‘ladi. 

Nazorat uchrashuvi

"Neftchi" - "Axmat" 0:1
Gol: Berisha 2. 
"Neftchi": Sanjar Quvvatov, Boyan Tsiger, Anvar G‘ofurov, Muxsin Ubaydullaev, Abbos G‘ulomov, Mirzohid G‘ofurov, G‘ulomhaydar G‘ulomov, Diyor Turopov, Javohir Qahramonov, Shohruz Norxonov, Bilolxon Toshmirzaev.
Zaxiradan o‘yinga qo‘shilganlar: Keterin Karp, Sanjar Qodirqulov, Bexruz Oblakulov, Xurshid Muxtorov, Jaloliddin Jumaboev, Doniyor Valiev.

"Neftchi" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!