"Neftchi" bugun "Buxoro" bilan kuch sinashadi
Xabaringiz bor shu kunlarda mamlakatimizning bir qator jamoalari yangi mavsumga poytaxtimizda tayyorgarlik ko‘rmoqda.
Hususan, bugun Superliganing ikki jamoasi - “Neftchi” va “Buxoro” o‘zaro nazorat bahsida maydonga tushadi. Uchrashuv soat 11:00da "Bunyodkor" futbol akademiyasining sun’iy qoplamali maydonida bo‘lib o‘tadi.
Eslatib o‘tish lozimki, kecha farg‘onaliklar “Metallurg” yoshlarini 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratishgan edi. "Buxoro" esa so‘nggi o‘rtoqlik uchrashuvida "Andijon"ni yirik 4:0 hisobida taslim etgan edi.
Fikrlar