"Neftchi" chempionlikni rasmiylashtirgan uchrashuvdan fotolavhalar!
Xabaringiz bor, Superliganing 29-turida "Neftchi" o‘z uyida "Qizilqum" bilan to‘qnash kelib, yirik 4:1 hisobida g‘alaba qozondi va 24 yillik tanaffusdan so‘ng chempionlikni rasmiylashtirdi.
Dastlab, uchrashuvning 3 hamda 19-daqiqalarida Alisher Odilov gollar urib, dublni rasmiylashtirgan holda, jamoasini oldinga olib chiqdi. Shohruz Norxonov esa bellashuvning 60-daqiqasida hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘lgan edi. Lekin Jamshid Iskandarov va Ibrohimhalil Yo‘ldoshev o‘yinning qolgan daqiqalarida hisobni yiriklashtirib, jamoasining g‘alabasi bilan birga, chempionlikni ham rasmiylashtirdi.
Ushbu uchrashuvdan fotolavhalarni tomosha qiling.
.jpg)


































Fikrlar