
"Neftchi" Qozog‘iston jamoasini mag‘lub etdi
Yangi mavsumga Turkiyaning Antalya shahrida hozirlik ko‘rayotgan "Neftchi" jamoasi ikkinchi bosqich yig‘inlari doirasida Qozog‘istonning Turkiston shahri sharafini himoya qilib kelayotgan "Turan" klubi bilan navbatdagi nazorat o‘yinida maydonga tushdi.
Mazkur bahsda "Neftchi" klubi 1:0 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Bellashuvdagi yagona gol 83-daqiqada Toma Tabatadze tomonidan kiritildi.
Fikrlar