Bosh murabbiy terma jamoadan ketganini e'lon qildi

  • 06.07.2026 12:03
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Portugaliyalik mutaxassis Karlush Keyrush ijtimoiy tarmoqlarda Gana milliy jamoasi bosh murabbiyligi lavozimini tark etayotganini ma’lum qildi.

- Gana xalqiga murojaat qilmoqchiman. Futbol ham, hayot ham bizga bitta abadiy haqiqatni o’rgatadi: yo sen g’alaba qozonasang, yoki o’rganasan.

Men bu sayohatni tugatar ekanman, erishgan yutuqlarimizdan faxrlanaman. Bir vaqtning o’zida, doim yuqoriroq maqsad sari intiladigan insonlar uchun xos bo’lgan sog’lom qoniqmaslik hissi ham bor. Yuqori pog’onaga chiqish hech qachon oxirgi manzil bo’lmasligi kerak — u yanada katta va dahshatli maqsadlar uchun boshlang’ich nuqtaga aylanishi lozim.

«Qora yulduzlar»ning kelajagi faqat maydonda hal bo’lmaydi. Bu jamoaning muvaffaqiyati avvalo maydondan tashqarida — Gananing iste’dodli futbolchilarini tayyorlash, himoya qilish va rivojlantirish uchun eng qulay sharoitlarni yaratishdan boshlanishi kerak.

Futbol federatsiyasi prezidenti va rahbariyatiga milliy jamoaga xizmat qilish imkoniyati uchun katta minnatdorchilik bildiraman. Men uchun mamlakatga va «Qora yulduzlar»ga xizmat qilish sharaf va katta baxt bo’ldi. O’yinchilarim va murabbiylar shtabiga jasoratingiz, fidoyiligingiz va ishga sadoqatingiz uchun chuqur minnatdorchilik izhor etaman.

Muxlislarga shuni aytishni istardim: natijalarimiz bilan to’liq qoniqdik, deb ayta olmasak-da, Gana sharafini munosib himoya qilganimiz, «Qora yulduzlar»ga dunyo futboli sahnasida hurmat va obro’ni qaytara olganimizdan faxrlanishga haqqimiz bor.

Rahmat, Gana. Biz uchun yo’l endi boshlanyapti, — deya qayd etgan Keyrush o’z bayonotida.

Eslatib o’tamiz, jahon chempionatining guruh bosqichida Gana Panamani mag’lub etdi (1:0), Angliyaga qarshi durang o’ynadi (0:0) va Xorvatiyaga yutqazdi (1:2). 1/16 finalda esa jamoa Kolumbiyaga minimal hisobda mag’lub bo’ldi (0:1).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!