Neymar haqida noxush xabar tarqaldi

  • 8 iyun, 10:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Braziliya futbolining eng mashhur o‘yinchilaridan hisoblangan Neymar og‘ir davrlarni boshdan o‘tkazmoqda. 33 yoshli futbolchi 2026 yilgi jahon chempionatigacha yuqori sport formasiga chiqib olishni mo‘ljallagan.

Tecno

Keyingi mavsumdagi jarohatlar tufayli Neymarning o‘yinida pasayish kuzatilmoqda. Hatto Braziliya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham unga sport formasini tiklab olish uchun vaqt berdi.

Biroq Neymar yana ma’lum muddat futboldan uzoqlashadi. “Santos” klub o‘z o‘yinchisi karantinga olingani e’lon qildi.  

- Virus infektsiyasi tarqalgani munosabati bilan “Santos” tibbiyot xizmati Neymarni ko‘rikdan o‘tkazdi. Laboratoriya tekshiruvlari futbolchi COVID-19 koronavirusini yuqtirib olganini aniqladi. Aslida futbolchi kasallik alomatlari namoyon bo‘lgan paytdayoq karantinga olingan edi.

Ayni paytda Neymar o‘z uyida hordiq chiqaryapti va shifokorlar bergan tavsiyalar bo‘yicha davolanmoqda, - deyiladi “Santos” klubi bayonotida.

Neymar yil boshida “Santosga ko‘chib o‘tganidan beri barcha turnirlarda atigi 14  marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga uchtadan gol va assist rasmiylashtirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!