
Neymar: Men buni yomon ko‘raman!
PSJ hujumchisi Neymar futbol tomosha qilishni yomon ko‘rishini, buni do‘stlari iltimos qilsa ham, ular bilan futbol ko‘rmasligini ta’kidladi.
- Men o‘zim o‘ynamaganimdan keyin futbol tomosha qilishni yoqtirmayman. Men o‘zim o‘ynashim kerak. Qolgan paytlarda boshqa ishlar bilan shug‘ullanaman.
Ko‘pincha do‘stlarim o‘zim o‘ynagan o‘yinlarni ham birga tomosha qilishga taklif etishadi. Men ularga doim boshqa ish qilish ma’qulligini uqtirib kelaman. Futbol o‘rniga yaxshi film ko‘rishim mumkin, - dedi Neymar.
Neymar joriy mavsumda barcha turnirlar o‘nta uchrashuvda maydonga tushib 11 ta gol va ettita assist qayd etdi.
Fikrlar