Neymar Messidan hayratlanishini tan oldi
"Barselona" hujumchisi Neymar Kataloniyaga kelguncha o‘z hamyurti Robinoning o‘yiniga muxlis bo‘lganini tan oldi.
- Robino doim mening kumirim bo‘lgan, - dedi Neymar. - "Barselona"ga kelganimdan keyin Lionel Messining o‘yinidan hayratga tushdim. Buni argentinalik futbolchi menga ko‘p yordam bergani uchun aytayotganim yo‘q. Menga uning maydondagi harakati va qaror chiqarishdagi sovuqqonligi yoqadi.

Ko‘pchilik Neymarni Lionel Messi va Krishtianu Ronaldudan keyin futbol taxtini egallaydigan o‘yinchi, - deb tan olmoqda.



Fikrlar