
Neymar nihoyat niyatiga etdi
“Al-Hilol” bilan shartnomasini bekor qilganidan keyin Braziliyaga qaytgan Neymar faoliyatini qadrdon “Santos” jamoasida davom ettirmoqda.
Braziliya chempionatida “Santos” navbatdagi uchrashuini “Agua Santa” jamoasiga qarshi o‘tkazib, o‘yinda 3:1 hisobida zafar quchdi.
Bellashuvda hisobni Neymar ochdi. 14-daqiqada 33 yoshli yulduz penaltini aniq bajardi. Bu Neymar uchun “Santos”ga qaytganidan keyin birinchi gol hisoblanadi.
Ta’kidlash joizki, Neymar Braziliya terma jamoasi tarixida eng zo‘r to‘purar sifatida rekord o‘rnatgan. Mohir hujumchi xalqaro miqyosda 128 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasin 79 marotaba ishg‘ol qilgan va futbol qiroli Pelening uzoq davom etgan 77 ta goldan iborat rekordini yangilagan edi.
Fikrlar