Neymar o‘zining eng katta maqsadini aytdi

  • 2 fevral, 12:41
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zining sobiq klubi "Santos"ga qaytgan Neymar faoliyatidagi eng katta maqsadi nima ekanligini ochiqladi. Braziliyalik yulduz mundialga go‘lib chiqmoqchi ekanligini aytdi.

"Albatta, men yana terma jamoaga qaytishni xohlayman. Menda hali erishishim kerak bo‘lgan narsalar bor. Jahon chempionligi men uchun so‘nggi vazifa deb hisoblayman. Men bunga intilaman, nima bo‘lishidan qat’i nazar. Mening maqsadlarim bor", – deya Neymarning so‘zlarini keltiradi "Globo" nashri.

O‘tgan jahon chempionatida Braziliya terma jamoasi chorak finalga qadar etib borib, penaltilar seriyasida Xorvatiyaga yutqazgandi. "Seleção Canarinho"ning musobaqadan chiqib ketishi Neymarning ko‘z yoshlariga sabab bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, Braziliya oxirgi marta jahon chempionligini 2002 yilda qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!