Nkunku "Chelsi"dan ketmoqchi

  • 13 iyul, 13:02
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kristofer Nkunku yozgi transferlar oynasida "Chelsi"ni tark etadi. U klubdagi kelajagidan xavotirda.

Tecno

2023 yilda London klubi safiga kelib qo‘shilgan frantsuz jamoada o‘z o‘rnini topa olmayapti. Entso Mareska futbolchini mashg‘ulotlar vaqtida tayanch yarim ximoyachi sifatida sinab ko‘rmoqda. Biroq Nkunku o‘zini xujumga yaqinroq o‘ynashni istaydi. Lekin ushbu chiziqda xozirda ideal formada bo‘lib turgan Koul Palmer xarakat qilmoqda. "L'Equipe" nashri bergan malumotlarga ko‘ra, 27 yoshli forvardning xizmatlariga "Inter", "Bavariya" va "Manchester Yunayted" klublaridan qiziqishlar mavjud. 

Eslatib o‘tamiz, Nkunku yakunlangan mavsumda umumiy 47 o‘yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 5 ta assistga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!