Nkunku nemis klubiga o'tishga yaqin

  • 25.08.2026 14:18
  • Abdukarim Atayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Milan» hujumchisi Kristofer Nkunku yana «RB Leyptsig»ga qaytishi arafasida turibdi.

Insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, bugun, 25 avgust kuni fransuz futbolchisi tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va yangi shartnoma imzolaydi. 

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, «RB Leyptsig» Nkunkuni ijaraga oladi, kelishuvda esa uni 35 million yevro evaziga to‘liq sotib olish imkoniyati ko‘zda tutilgan.

 

28 yoshli forvard avval ham «RB Leyptsig» sharafini himoya qilgan. U bu klub tarkibida 2023 yildan 2025 yilgacha to‘p surgan.

 

O‘tgan mavsumda Italiya chempionati doirasida Kristofer «Milan» safida 32 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu o‘yinlarda Nkunku yetti marta raqib darvozasini ishg‘ol etdi, shularning beshtasi penaltiidan urilgan. Shu bilan birga, u jamoadoshlariga uch bor golli pas yo‘lladi. Mutaxassislar hozirda uning transfer qiymatini taxminan 25 million yevro atrofida baholashmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!