Noodatiy mavsum va o'n qahramon

  • 24.05.2026 06:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boshqalar
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Minnesota Twins” jamoasi beysbol tarixida kam uchraydigan natija qayd etdi. Klub kuni kecha bir mavsum davomida seyv qayd etgan turli pitcherlаr soni bo‘yicha o‘zining franshiza rekordini yangiladi.

Jamoaning 10-turli pitcheri sifatida seyv qayd etgan o‘yinchi Entoni Banda bo‘ldi. Shu tariqa “Twins” mavsum tugamasidanоq klub tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichga erishdi.

Bu mavsumda Justin Topa va Luis Garsiya ikkitaдан seyv qayd etgan bo‘lsa, Endryu Morris, Erik Orze, Teylor Rojers, Kodi Fanderburk, Koul Sends, Kodi Loverison, Yoendris Gomes va Entoni Banda bittaдан seyv muallifi bo‘lgan.

Bu natijaning eng qiziq jihati shundaki, jamoa rekordni atigi 51 o‘yin ichida o‘rnatdi. Shu vaqt davomida “Twins” 24 marta g‘alaba qozoнgan.

24 ta g‘alabaning 12 tasida seyv qayd etilgan va bu ko‘rchatkichlar 10 nafar turli pitcher hisobiga yozilgan. Bunday holat beysbolda juda kam uchraydi.

Bu usul jamoa uchun qanchalik samarali ekani alohida bahs mavzusi bo‘lishi mumkin. Biroq hozircha asosiy e’tibor “Minnesota Twins”ning statistika nuqtai nazaridan deyarli ishonib bo‘lmaydigan natijaga erishganiga qaratilyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!