Norvegiya malikasi Xolandni quchoqlab oldi
Norvegiya terma jamoasi hujumchisi Erling Holand Braziliyaga qarshi o‘yinda ikki gol urdi va shu tariqa jamoasiga jahon chempionati 1/4 finaliga yo‘l olochib berdi.
Uchrashuv yakunlangandan so‘ng futbolchilarning kiyinish xonasiga Norvegiya Qirolligi oilasi vakili, taxt vorisi hisoblangan malika Ingrid Aleksandra tashrif buyurdi, deb yozadi Daily Mail.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Ingrid Aleksandra ukasi, shahzoda Sverre Magnus bilan birga kiyinish xonasiga kirib, terma jamoa a’zolarini g‘alaba bilan tabrikladi. U o‘sha paytga kelib maykasigacha yechinish bo‘lgan Holandni ham quchoqlab qo‘ygani qayd etilgan.
Malika ushbu musobaqada Norvegiya qirolligini otasi, voris shahzoda Hokon o‘rniga namoyon qilmoqda. Hokon rafiqasi jarrohlik amaliyotidan o‘tganligi sabab uyda qolgan.
Jahon chempionatining 1/4 finalida Norvegiya terma jamoasi Angliya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar