Norvegiya Tramp ustidan shikoyat kiritadi

  • 23.07.2026 18:53
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Norvegiya Futbol assotsiatsiyasi AQSh prezidenti Donald Trampning FIFA ishlariga aralashuvi yuzasidan xalqaro tashkilotning etika qo‘mitasiga rasmiy shikoyat kiritishga tayyorlanmoqda. 

Bu haqida The Times nashri jurnalisti Martin Zigler xabar berdi.

Gap AQSh terma jamoasi hujumchisi Florian Balogun bilan bog‘liq vaziyat haqida ketmoqda. U Bosniya va Gertsegovinaga qarshi 1/16 final bahsida (2:0) maydondan chetlatilgan edi. Keyinchalik Balogunga berilgan diskvalifikatsiya bir yillik sinov muddati bilan to‘xtatib turildi va natijada u Belgiya qarshi 1/8 final uchrashuvida (1:4) maydonga tushdi.

Shundan so‘ng Donald Tramp ushbu jarayonga shaxsan aralashganini ochiq tan oldi.

Turli ommaviy axborot vositalari tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh prezidenti FIFA rahbari Janni Infantino bilan suhbatda Balogunning maydondan chetlatilishini bekor qilishga ishontirgani aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!