
Novak Jokovich final ostonasida
Serbiyalik tennischi Novak Jokovich "Western & Southern Open" turnirining chorak finalidan muvaffaqiyatli o‘tib oldi.
Novak ushbu bosqichda frantsiyalik Lyuka Puyga qarshi o‘yin o‘tkazib, yakunda raqibi ustidan 7:6, 6:1 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa Tsintsinnati shahrida o‘tayotgan musobaqaning yarim finalida Jokovich rossiyalik Daniil Medvedevga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Fikrlar