O'zbek chempioni raqibining burnini sindirdi

  • 04.08.2026 10:07
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

2024 yilgi Olimpiya oʻyinlari chempioni, oʻzbekistonlik supertoʻliq vaznli bokschi Lazizbek Mullajonov navbatdagi jangini professional ringda oʻtkazdi.

Yekaterinburg shahrida oʻtgan RCC Boxing Promotions turniri doirasida Mullajonov rossiyalik Vitaliy Kudukhovga qarshi ringga koʻtarildi. Sakkiz raundga moʻljallangan jang toʻliq masofaga choʻzildi va hakamlar yakdil qaroriga koʻra gʻalaba oʻzbekistonlik bokschiga berildi.

Mullajonov jangning ilk daqiqalaridanoq tashabbusni qoʻlga oldi, raqibini doimiy bosim ostida ushlab, yon tomon zarbalar va apperkotlardan iborat kombinatsiyalar bilan ustunlikka erishdi. Uchinchi raundda u raqibining tanasiga juda kuchli zarba yoʻlladi, biroq Kudukhov nokdaundan qutulib, ringda qolishga muvaffaq boʻldi.

Jangning ikkinchi yarmida ham oʻzbekistonlik bokschi ustunlikni yanada oshirdi. Oltinchi raundda Mullajonov raqibining burnini sindirib, yuzida yorilish hosil qildi, shunga qaramay, rossiyalik bokschi yana nokdaundan qochib, soʻnggi gonggacha jangni davom ettirdi.

Sakkiz raund yakuniga koʻra hakamlar ochkolar boʻyicha gʻalabani Lazizbek Mullajonov foydasiga qayd etdi. Bu jang oʻzbekistonlik bokschi uchun RCC promoushendagi debut boʻldi va uning professional faoliyatidagi sakkizinchi gʻalabasi sifatida tarixga kirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!