Oʻzbekiston — Janubiy Koreya uchrashuvi taqdirini bitta gol hal qildi
O‘zbekiston U-20 yoshlar terma jamoasi navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida Janubiy Koreya yoshlar termasini mag‘lub etdi. Bu haqida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar qildi.
Uchrashuv 1:0 ko‘rinishida o‘zbekistonlik yosh futbolchilar foydasiga hal bo‘ldi. Jamoaga Jamoliddin Rahmatullaev ustozlik qilmoqda.
Uchrashuvda yagona gol 78-daqiqada urildi. O‘zbekiston termasiga g‘alaba keltirgan to‘p muallifi Davron Tulaganov bo‘ldi.
O‘zbekiston U-20 uchrashuvni quyidagi tarkibda boshladi: Nematulloh Rustamjonov, Shoraxim Shoraxmedov, Kuvonchbek Abraev, Nurbek Sarsenbaev, Behruz Abdusattorov, Tohirjon Ashurbaev, Ozodbek Najmiddinov, Kuvanishbek Saydaliev, Abduvosid Soliev, Muhammadali Dilshodbekov va Ulug‘bek Maratov.
Tulaganov maydonga zahiradan tushirildi va hal qiluvchi golni urdi. Shuningdek, o‘yin davomida zahiradan Shokirov, Yusuphonov, Odiljonov, Botiraliev, Kupaysinov, Erimbetov, Aliev, Abdurasulov, Kuvonshibaev va Ermanov ham maydonga tushirildi.

Fikrlar