
Odil Hamrobekov "Navbahor"ni tark etdi
31 dekabr kuni "Navbahor" bilan shartnomasi yakunlanadigan futbolchi Odil Hamrobekov jamoani tark etdi.
Bizga ma’lum bo‘lishicha, uning keyingi jamoasi "Nasaf" bo‘ladi. Avvalroq ham Hamrobekov "ajdarlar" nishonida ekani haqida xabar bergan edik. Kelasi mavsum oldiga katta maqsadlar qo‘yishi kutilayotgan qarshiliklar terma jamoa a’zosini asosiy transferlardan biri sifatida ko‘rmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 28 yoshli futbolchi joriy mavsum Superligada 23 ta o‘yinda qatnashib, bitta gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar