OFK yangilangan klublar musobaqalari reytingini va 2024/25 mavsum uchun kvotalar taqsimotini e’lon qildi

  • 15 may, 2023, 17:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Osiyo futbol konfederatsiyasi Ijroqo‘mi yaqindagina klublar musobaqalari isloh qilinishini ma’qullab, endilikda OFK klublar musobaqalari reytingini hisoblashda ham yangicha yondashuvga o‘tishini ma’lum qilgan edi. Unga ko‘ra, endi reytingni hisoblashda oxirgi 4 yillik emas, balki 8 yillik natijalar inobatga olinadi.

ekokor

Yangilangan reytingga ko‘ra, O‘zbekiston qit’ada 9-pog‘onaga joylashdi. G‘arb mintaqasida esa Saudiya Arabistoni, Qatar, Eron va BAAdan so‘ng 5-o‘rindan joy oldik. Bu esa 2024-yildan e’tiboran yangicha formatda o‘tadigan klublar musobaqalari uchun O‘zbekistonga faqatgina 2 ta kvota ajratilishini bildiradi. Ya’ni, 2024/25-mavsumda O‘zbekistondan bitta jamoa qit’aning elit klublar musobaqasida (hozirgi OChL) va yana bir jamoa ikkinchi darajali klublar musobaqasida (hozirgi OFK kubogi)da ishtirok etadi.

erker_1

Yaqindagina O‘zPFL bu borada OFKga o‘z munosabatini bildirib, reytingni hisoblashda oxirgi 4 yillik emas, 8 yillik natijalarni inobatga olish bizning oxirgi yillardagi ko‘rsatkichlarimizning salmog‘ini tushirishini ma’lum qilgan edi. OFK esa tashkilot Ijroqo‘mi butun qit’a mamlakatlari manfaatlaridan kelib chiqib, shunday qarorga kelinganini bildirdi.

Ma’lumot uchun, yangicha formatga ko‘ra, a’zo mamlakatlar elit musobaqa uchun endilikda maksimum 3 tagacha yo‘llanmaga olishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Utabayev Baxtiyor
15/05/2023 18:11
Ko‘proq kvotaga ega bo‘lish uchun munosib ishtirok etish kerak.