OKMK ta'tilga chiqdi
Kechagi uchrashuvdan so‘ng OKMK jamoasi qisqa muddatli ta’tilga chiqdi. Bu haqida klub matbuoti xabar berdi.
"Mavsumning sermahsul va mas’uliyatli qismidan keyin futbolchilar hamda murabbiylar shtabiga qisqa hordiq berildi. Ushbu tanaffus davomida jamoa a’zolari jismoniy va ruhiy tiklanish jarayonini olib borishadi.
Ta’til yakunlangach, "konchilar" keyingi uchrashuvlarga puxta tayyorgarlik ko‘rish va mavsumning navbatdagi bahslarida muxlislarni quvontirish maqsadida mashg‘ulotlarga kirishadi.
Fursatdan foydalanib, jamoamizni har bir o‘yinda qo‘llab-quvvatlab kelayotgan barcha muxlislarimizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz. Sizlarning ishonchingiz va qo‘llab-quvvatlovingiz futbolchilar uchun katta kuch bo‘lib xizmat qiladi.
Tez orada maydonlarda yana uchrashamiz", - deyiladi xabarda.

Fikrlar