Oleg Zoteev: "Hech qaerga ketmayman"

  • 15 iyun, 2023, 12:18
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Toshkentning “Lokomotiv”  klubi pro liga musobaqasida karvonboshilik qilayotganini bilsangiz kerak.

Tecno

Tarkibida tajribali futbolchilarni jamlay olgan “Loko”ning musobaqa peshqadami sifatida qayd etilishi kutilgandi. Hozircha “Temiryo‘lchilar” taxminlarni oqlayapti.

Birinchi davradan so‘ng yakka peshqadam bo‘lib turibdi. Jamoa sardori Oleg Zoteev bu yil “Lokomotiv”ga qaytdi va jamoani Superligaga yo‘llanma olishida o‘z hissasini qo‘shmoqchi va buni amalda ham bajaryapti.  Ushbu o‘yinchi birinchi davradan keyingi taassurotlari xususida gapirdi.

“1-pog‘onada bo‘lishimizga ishongandim”

- Ha, birinchi davrani 1-o‘rinda tugatdik. Mag‘lubiyatsiz ketyapmiz va 2 ta duranggimiz bor. Lekin ortimizda kelayotgan “Dinamo”da ham mag‘lubiyat yo‘q. “Qo‘qon-1912”da esa faqat 1 ta mag‘lubiyat bor. Menimcha, chempionat qiziqarli kechyapti. Sizga mavsum boshida aytgandim, baribir qiyin bo‘ladi. Pro liga ham bugungi kunda oson chempionat emas. Lekin birinchi davrani kamida yuqori ikkitalikda tugatishimizni kutganman. Aynan 1-pog‘onada bo‘lishimizga ishonganman. To‘g‘ri, qanday kutgan bo‘lsam shunday tugatdik. Rostini aytsam, birinchi davrada 9 ta yutib, 1 ta durang o‘ynaymiz, deb o‘ylagandim. 2 ta durang bo‘lib qoldi, mayli hech narsa emas. Menimcha, ikkinchi davra bundan ham qiziqarli o‘tadi. Hamma jamoa bir-birini bilib oldi. Bir qator jamoalar transferlar ham qiladi. Shu bois ikkinchi davra birinchi davradan ham ko‘ra qiyinroq kechadi. Hali hamma narsa oldinda.

zoteev kapitan_1

“Katta qiyinchiliklar bo‘lmadi”

- Rostini aytsam, qiynalmadim. Ha, bir-ikkita uchrashuvda maydonlar chatoq bo‘lgani uchun biroz qiyinchiliklarga uchradik. Unda ham texnik tarafdan muammolarga duch keldik. To‘p sakrab ketadi yoki maydonlarga suv sepilmagan bo‘ladi. Lekin umumiy ma’noda aytsam, katta qiyinchiliklar bo‘lmadi.

“Hozircha biz yaqinroq turibmiz”

- Biz bilan qaysi jamoa chiqadi? Bunga javob berishim qiyin. O‘ylashimcha, hali 3 ta jamoada yaxshi imkoniyatlar saqlanib turibdi. Hozircha hech kim Superliga uchun 100 foiz imkoniyatni qo‘lga kiritgani yo‘q. Bu masalada aniq gap ayta olmayman. Kim chiqishini bilmayman. To‘g‘ri, hozircha biz yaqinroq turibmiz. Lekin bu hali 100 foizli natija emas.

zoteev1

“Ta’tilga chiqdik”

- “Lokomotiv”da qolaman. 3 iyulgacha ta’tilga chiqdik. Hech qaerga ketmayman. Ha, Superliganing bir-ikkita jamoasi qiziqish bildiryapti. Ammo bormasam kerak.

Shuhratbek Jo‘raev.   

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!