Olimjon Nabiev O‘zbekiston kubogi sohibi

  • 18 noyabr, 2019, 14:57
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Toshkent shahrida joylashgan Respublik olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida O‘zbekiston kubok musobaqasi o‘tkazildi.

Tecno

Kubok bahslarining o‘g‘il bolalar o‘rtasidagi final bosqichida Timur Sottimov va Olimjon Nabiev o‘zaro raqobatlashdi. Mazkur o‘yinda Olimjon tajribali raqibini 0:6, 6:1, 10:1 hisobida mag‘lub etib mamlakat kubogi sohibiga aylandi. 

Qizlar o‘rtasidagi so‘nggi uchrashuvda esa Yasmina Karimojonova Omina Valixonovaga 6:2 3:6 5:10 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Bu g‘alaba Ominaga O‘zbekiston kubogining oltin medalini keltirdi.

Shuningdek, kubokning aralash juftliklar o‘rtasida o‘tgan bellashuvlarda Odil Karimov va Milana Maslenkova tandemi g‘olib chiqqan bo‘lsa, juftliklar o‘rtasida S.Abdumalikov va F.Mirzag‘aniev o‘g‘il bolalar o‘rtasida tengsiz ekanini isbotladi.

a5e78fde-0fe1-4111-93b5-b5a6f300d15f

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!