«Olimpik» klubi sobiq bosh murabbiyi CSKAdа ish boshlaydi

  • 30.05.2026 01:02
  • Azamat Umarov
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Manbalariga ko‘ra, CSKAdа Dmitriy Igdisamovning yordamchisi etib Denis Korostichenko tayinlanishi kutilmoqda. U avvalroq O‘zbekistonning «Olimpik» klubida bosh murabbiy sifatida faoliyat yuritgan, shuningdek, CSKA yoshlar jamoasida Igdisamovning assistenti bo‘lib ishlagan.

Bugun ommaviy axborot vositalari Igdisamovning yana uch nafar ehtimoliy yordamchisi nomini e’lon qildi. Xabarlarga ko‘ra, CSKA murabbiylar shtabiga Vitaliy Kafanov, Roman Adamov va Murat Iskakov ham qo‘shilishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, Dmitriy Igdisamov mavsum yakuniga bir necha tur qolganida CSKA bosh murabbiyi lavozimida Fabio Chelestini o‘rnini egallagan edi. U shu paytgacha jamoani vaqtinchalik boshqaruvchi mutaxassis sifatida boshqarib keldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Baxil Alihuja
30/05/2026 07:44
ишониш кийин.
Коростиченко украин, узини хурмат килган украин нацист-урис клубга бормайди!