Olimpiya chempionlari izidan...

  • 25 avgust, 2024, 22:47
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Qozog‘istonning Almati shahrida taekvondoning VT yo‘nalishi bo‘yicha “Almaty open - 2024” an’anaviy chempionati davom etmoqda.

Ushbu musobaqada dunyoning turli mamlakatilaridan kelgan sportchilar bolalar va kattalar o‘rtasidagi  bellashuvlarda g‘oliblik uchun kuch sinashyapti.

Nufuzli turnirda yurtimiz sharafini “Tornado” klubining “Muhammadziyo” jamoasida taekvondo sir-asrorlarini o‘rganayotgan 35 nafar sportchi himoya qilmoqda. Taekvondochilarni bellashuvlarga besh  murabbiy – Ahror Asrorov, Abdurahmon Xo‘jabekov, G‘ofurjon Toshboev, Zubayr Marifov hamda Iroda O‘sarova tayyorlagan.

- Jamoamiz sportchilari “Almaty open” a’naviy turnirida muntazam ishtirok etib kelmoqda. Ushbu xalqaro turnirda turli yoshdagi ko‘plab taekvondochilar qatnashadi. Bu bellashuvlarning keskin va murosasiz o‘tishini ta’minlaydi.

Bunday musobaqalarda sportchilarimiz mashg‘ulotlarda olgan nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazadi, mahorat va tajribasini oshiradi.

“Almaty open-2024” turniriga bu gal ham ertaroq keldik va mahalliy klublar bilan birgalikda mashg‘ulot o‘tkazdik, jamoalar o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil qilib, yigit-qizlarning tayyorgarlik darajasini sinovdan o‘tkazib oldik.

Bu musobaqada  o‘tgan yili ham qatnashib, shogidlarimizning aksariyati g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olgan edi. Navbatda bellashuvlarda ham yuqori natijalar uchun kurashyapmiz.

Nasib qilsa, yurtimizga yangi chempionlar bilan qaytamiz, - dedi “Muhammadziyo” jamoasi asoschisi va murabbiyi Ahror Asrorov.

Eslatib o‘tamiz, “Muhammadziyo” jamoasi taekvondochilari yaqinda Gruziyaning Batumi shahri mezbonlik qilgan “Batumi open – 2024” chempionatida medallar shodasini qo‘lga kiritgan edi.

Taekvondoning taekvondoning WT yo‘nalishi Olimpiya sport turi hisoblanadi. O‘zbekistonlik taekvondo ustalari bu yil Frantsiya poytaxti Parij shahri mezbonlik qilgan navbatdagi yozgi  Olimpiya o‘yinlarida bittadan oltin va kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Ulug‘bek Rashitov Olimpiya o‘yinlarining ikki karra chempioni bo‘ldi, Svetlana Osipova esa, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Bugun yurtimizning turli hududlarida taekvondo sir-asrorlarini puxta o‘rganib, xalqaro miqyosdagi musobaqalarda qatnasha boshlagan o‘g‘il-qizlar orasidan ham yaqin kelajakda Ulug‘bek Rashitovdek chempionlar chiqishiga umid qilamiz.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!