
Olmo qancha muddatga safdan chiqdi?
27 mart kuni "Barselona" La Liga doirasida "Osasuna" jamoasiga qarshi o‘yinda 3:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvning 25-daqiqasida yarim himoyachi Dani son mushaklaridagi jarohati sabab, maydonni tark etdi. Dastlabki tibbiy tekshiruvlar uning jarohati jiddiy emasligini ko‘rsatmoqda, biroq futbolchi taxminan ikki-uch hafta davomida maydonga tusha olmasligi kutilmoqda.
Shuningdek, "ko‘k-anorranglilar" Olmoning jismoniy holatini chuqurroq o‘rganishni rejalashtirmoqda, chunki u so‘nggi paytlarda bir necha bor jarohatlar bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan.
Ma’lumot o‘rnida, ispaniyalik xavbek joriy mavsum kataloniyaliklar safida 28 ta bellashuvda maydonga tushib, 8 ta gol va 5 ta golli uzatmani o‘z hisobida yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar