
O‘runovdan gol kutishyapti!
12-14 sentyabr kunlari Rossiya premer-ligasida qisqa tanaffusdan so‘ng, 7-tur uchrashuvlari o‘tkaziladi.
Futbolga ixtisoslashgan nashrlar ushbu turga oid turli tahlil va taxminlarni ilgari surmoqda. Xususan, nevasport.ru sayti ijodkorlari transferi muxlisu mutaxassislar e’tiborini qozongan futbolchilardan qaysi biri yangi jamoasida birinchi bo‘lib gol urishiga qiziqmoqda.
- “Dinamo” tarkibini Daniil Lesovoy, Daniil Fomin va xorvatiyalik Nikola Moro bilan mustahkamladi. Eng kuchli xaridlarni TsSKA amalga oshirdi – nigeriyalik Chidi Odjuke, braziliyalik Bruno Fuks, qozog‘istonlik Baxtiyor Zaynutdinov va argentinalik Adolfo Gaych. “Lokomotiv” belaruslik Vitaliy Lisakovich va gvineyalik Fransua Kamanoni oldi. “Spartak” tarkibiga o‘zbekistonlik Oston O‘runov qo‘shildi.
Xo‘sh, barchaning e’tiborida turgan ushbu futbolchilardan qay biri yangi jamoasi uchun birinchi bo‘lib gol uradi?, - deb yozadi nevasport.ru ekspertlari.
Eslatib o‘tamiz, Oston O‘runov debyut qilgan “Spartak” ettinchi tur uchrashuvini 13 sentyabr kuni mehmonda TsSKAga qarshi o‘tkazadi. 14 sentyabr kuni o‘zbek derbisi - Eldor Shomurodov va Jasur Jaloliddinov to‘qnashuvini ko‘rishimiz mumkin. “Rostov” o‘z maydonida “Lokomotiv”ni qabul qiladi.
Fikrlar