Osiyo chempionati. Ertaga ikki nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi

  • 02.05.2026 22:15
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xabaringiz bor, 3-15 may kunlari Olimpiya shaharchasi, “Yakkakurashlar” arenasida kichik o‘smirlar va o‘smirlar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi. Terma jamoamiz ham yurtimiz mezbonlik qiladigan qit’a birinchiligida to‘liq tarkib bilan ishtirok etadi. Ertadan bahslar start olishi belgilangan.

Kun davomida o‘smirlar o‘rtasida (U-17) janglar bo‘lib o‘tadi. Ular qatorida ikki nafar sportchimizning ham janglari bor.

Juftliklar bilan tanishing:

-52 kg: Marjona Xudayberdieva - Anujin Munkhtur (Mo‘g‘uliston)

-48 kg: Kamronbek Bahodirov - Raimer Soledad (Filippin’)

Uchrashuvlar ikki dasturda 11:00 va 17:00 da Olimpiya shaharchasining "Yakkakurashlar" zalida start oladi.

Kirish mutlaqo bepul! Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!