O‘smirlar va yoshlar termalaridagi pasayish, JChga borish, ko‘zbo‘yamachilik, bolalar futboli va boshqalar haqida

  • 24 may, 2019, 21:30
  • Bekzod Isayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, FIFA yaqindagina 2022 yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati 32 ta terma jamoa qatnashishini rasman e’lon qildi. Bunga qadar jamoalar sonini 48 taga etkazilish borasida ishlar olib borilgandi. Biroq yakunda jamoalar soni oshirilmadi.

Tecno

Ushbu xabardan so‘ng biz futbol sharhlovchisi Mirzahakim To‘xtamirzaevga yuzlandik va ularning ushbu ma’lumot biz uchun qanday salbiy tomonlari borligiga qiziqdik.

DAVOMI...

- Futbolimiz rahbariyati almashganiga 20 oy bo‘ldi. Shu vaqt mobaynida 16 yoki 19 yoshliklar orasida yangi kashf qilingan futbolchini bugun baralla aytishning iloji bormi yoki kimni siz-u biz o‘zimiz uchun kashf etdik? Ahir haqiqiy yulduz 17 yoshida kattalar o‘rtasidagi musobaqada qatnashishga, balki nafaqat qatnashishga e’tiborni qaratishga imkon topa oladi. Mirjalol Qosimov, Vladimir Fyodorov, Maykl Ouen yana qancha yulduzlarni misol keltirish mumkin. Bizda afsuski keyingi paytlarda festivallarga e’tibor beryapmiz. Bolalar futboli deymizda mamlakatimiz bo‘ylab 1 000 ta musobaqa o‘tkazamiz dedik. Shunacha musobaqa o‘tkazganimiz juda zo‘r ish. Joylarda futbol targ‘iboti uchun, bolalar vaqtini behuda sarflamaslik uchun bu juda ham yaxshi tashabbus. Lekin selektsiya qaerda qoldi? Biz bolalar va o‘smirlar maktabining faoliyatini nechog‘lik rivojlantira oldik. Har bir klub o‘z akademiyasiga ega degan bugungi shior o‘zini oqlayaptimi? Nahotki, bir necha yillar avval “Paxtakor” futbol maktabi yomon ishlardi? Hozir “Paxtakor” o‘z akademiyasiga ega emasligi uchun Qashqadaryodagi futbol akademiyasidagi akademiyani futbol akademiyasi deb hisoblab, “Paxtakor” unga pul to‘layapti. Qarshida yosh iste’dodlar futbol bilan shug‘ullanishyapti. Nomi “Paxtakor”ning akademiyasi. Futbol maktab internatlari viloyatlarda faoliyat olib boradi. Bolalar ertalab turib, badantarbiya qilardi, nunushtadan keyin darslarda ishtirok etardi. Keyin jismoniy mashg‘ulotlar va futbolga berilishardi. O‘FA tashabbusi bilan ana shu maktab faoliyati o‘zgartirildi. Bolalar, o‘quvchilar internatlarda emas, balki yaqin atrofdagi maktablarda tahsil olsin deyildi. Bu o‘quvchilarning bilim saviyasiga ko‘maklashadi va maktab internatlarning faoliyatini yanada yuqori bosqichga ko‘taradi dedik. Vaholanki, futbol akademiyasi bo‘lgani uchun etuklik attestati berishga haqqi yo‘q. Shuning uchun o‘quvchilar maktabga chiqarib yuborildi. Bunda ularning ma’lum vaqti yo‘lda yo‘qoladigan bo‘ldi. Eng yomoni avval maktab internati rahbariyati murabbiylar bilan kelishgan holda, o‘quv jarayonini muvofiqlashtirishi mumkin edi. Aytaylik qandaydir musobaqa arafasida jamoa a’zolari maydonda ko‘proq shug‘ullanib, futbol o‘ynashi ammo o‘sha turnirdan qaytib kelganidan so‘ng qoldirilgan darslarini etkazib olish imkoniyatiga ega bo‘lardi. Hozir buning iloji yo‘q. Chunki o‘quvchilar atrofdagi turli maktablarga boradi, u maktabdagi o‘qituvchi darsini to‘xtatib turmaydi. Oddiy vaziyat.

Biz meva berib kelayotgan daraxtlarni butab tashladik. O‘rniga meva beradigan yangi, serhosil daraxt eka olmadik. Bugungi kunga kelib o‘smirlar terma jamoamiz, yoshlar terma jamoamiz Osiyo chempionati final bosqichiga chiqolmayotgani be’jiz bo‘lmasa kerak va bundan buyog‘iga agar o‘zgarish bo‘lmasa ahvol o‘nglanmaydiganga o‘xshaydi. Yana bir tarafi, futbolimizda ertangi kuniga ishonch bo‘lishi shart. O‘shanda terma jamoa kuchayadi. Bizda so‘nggi yillarda reglament degan narsaga bepisandlik bilan qarash odat tusiga aylandi. Ikki yil muqaddam kuzda musobaqa yakunlanishiga uch tur qolganda, chempionat 16 jamoa ishtirokida boshlandi. Lekin kelgusi yili 12 ta jamoa qatnashadi dedik. 2019 yilgi chempionat boshlanishidan bir hafta avval ham biz musobaqada qaysi jamoalar ishtirok etishini bilmasdik. Vaholanki, 2018 yilning kuzida O‘zbekiston futboliga amalda rahbarlik qilayotgan O‘FAning birinchi vetse-prezidenti Umid Ahmadjonov biz litsenziyalash talablariga javob bermaydigan birorta jamoani Superligada o‘ynatmaymiz degandi. To‘g‘ri qaror! Litsenziyadan o‘ta olmaganni birortasini o‘ynatmaslik kerak. Lekin nima uchun unda hozirgacha “Qo‘qon-1912” mehmonda o‘ynab yuripti? Nega “Andijon” stadionini tan’tanalar bilan foydalanishga topshiryapti-da, ikkita turdan keyin yana mehmonda Farg‘onada o‘ynashga majbur bo‘lyapti? Ko‘zbo‘yamachilik kimga kerak. Qanday qilib, Samarqand oliy ligadan benasib qoldirildi-yu, nima uchun qaytarib Superliga vakillari safiga qo‘shib qo‘yildi? Termizning “Surxon” jamoasi xorazmliklardan yoki qoraqalpog‘istonliklardan faqat hokim futbolga yordam bergani, homiy topilgani bilan ustun xolosku. Futbolimiz mutasaddilari ana shu viloyatlardagi muxlislar katta futboldan bahra olishga haqli. Shuning uchun biz kerak bo‘lsa, ligani kengaytirishiz adolatdan deyishyapti. Nima Xorazmda odam ozmi yoki futbolga qiziqishmaydimi? Qoraqalpog‘istonliklar katta futbolni ko‘rgisi kelmaydimi?

Hullas terma jamoadan boshlangan gapimiz aylanib-o‘rgulib klublarimizga borib taqalishi, futbol tizimimizga ko‘chishi tabiiy bir holga aylanib qoldi. Demak, biz Qatarda emas, kim biladi deysiz, balki 2026 yili o‘sha 48 jamoa jahon chempionatida ishtirok etishiga ruhsat berilgan turnirda O‘zbekiston terma jamoasi maydonda o‘ynashini xohlasak, hakamlarimizgina borib, yurtimiz bayrog‘ini ko‘tarilishini emas, O‘zbekiston futbolchilari uchrashuvlarda ishtirok etishini istasak, bugundan boshlab jiddiy o‘zgarishlarni qilishimiz kerak va qog‘ozdagina emas, amalda naf keltiradigan o‘zgarishlarga e’tibor berishimiz, ularni amalga oshirishimiz zarur.

BOShLANIShI...

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
25/05/2019 10:42
Андижон уйини фаргонада утказилиши сиадион сабаб булмаган. Хамма гапни бир жойга кушиш нотугри