
O‘z uyingda devorlar ham yordam bermasa...
Har bir jamoa o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida, qadrdon stadionida har qanday raqibga qarshi muvaffaqiyatli o‘ynashga harakat qiladi.
Ammo “Sanderlend” tarixida yuz bergan g‘alabasiz seriya klub nomiga katta qora dog‘ bo‘lib tushgan.
Bu jamoa futbolchilari 2016-2017 yilgi mavsumda o‘z uyida 364 kun davomida raqiblarini mag‘lub eta olmagan. O‘shanda “Sanderlend” uy uchrashuvlaridagi so‘nggi g‘alabasini 2016 yilning 17 dekabrida “Uotford”ga qarshi uchrashuvda qo‘lga kiritgan.
Muxlislar “Sanderlend”ning o‘z maydonidagi keyingi g‘alabasini roppa-rosa bir yil kutishiga to‘g‘ri keldi.
Orada Premer-ligadan tushib ketgan jamoa Chempionshipda ham mehmonlarga ochko ulashishda davom etdi. Nihoyat, 2017 yilning dekabrida bu gal “Fulxem”ni kichik hisobda engib, qora seriyaga barham berdi.
Fikrlar