2025 yil boksimiz uchun juda ham omadli yil boʻldi, desak yanglishmagan boʻlamiz. Ikki tashkilot oʻtkazgan jahon chempionatida vakillarimiz munosib ishtirok etib, jahonda yetakchi boks mamlakati ekanligini yana bir bor isbotladi. Rekordlar qayd etildi. Bu natijalar negadir kamroq eʼtirof etildi, nazarimizda...

Liverpulda boʻlib oʻtgan "World Boxing" tashkilotining tarixiy ilk jahon chempionatida erkaklar terma jamoamiz 6 ta oltin medalni qoʻlga kiritib, rekord qayd etishdi. 

Dubayda IBA tashkil etgan jahon chempionatida esa yana bir tarixiy voqelik yuz berdi. Aniqroq qilib aytsak, Asadhўja Moʻydinhўjaev kattalar oʻrtasida 3 karra jahon chempioni boʻlgan birinchi oʻzbek bokschisiga aylandi. Ha, undan oʻziga xos "xet-trik". 

Bunga qadar, Ruslan Chagaev 1997 va 2001, Abbos Atoev 2007-2009, Bahodir Jalolov 2019-2023, Abdumalik Xalokov 2023-2025 hamda Xasanboy Doʻsmatov 2023-2025 yillar ikki marotaba oltin medalni qoʻlga kiritgan edi. Asadhўja Moʻydinhўjaev esa 2023 yil Toshkentda, 2025 yil har ikki tashkilot oʻtkazgan jahon chempionatida shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarilib, oʻzbek boksida oʻziga xos tarix yoza oldi. 

Darvoqe, Olimpiya dasturidan oʻrin olgan sport turlari boʻyicha bu borada  4 talik dovon zabt etildi. Yaʼni, 3 karra jahon chempioni boʻlgan oʻzbekistonlik sportchilar 4 taga yetdi. Asadhўjadan avval sport gimnastikasining afsonasi Oksana Chusovitina, ogʻir atletikachilarimiz Ruslan Nuriddinov hamda Akbar Jўraevlar 3 marotaba jahonda tengsiz deb topilgan edi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!