O‘zbekiston Superligasi. Avgust oyining eng yaxshilari bilan tanishing

  • 12 sentabr, 2022, 15:25
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasida avgust oyining eng yaxshilari aniqlandi. Marhamat, quyida batafsil tanishib olishingiz mumkin. 

Unga ko‘ra, "Olimpik" bosh murabbiyi Timur Kapadze oyning eng yaxshi murabbiyi bo‘ldi. U mazkur oyda 4 ta o‘yinda jamoasini maydonga olib tushdi va 2 g‘alaba hamda 2 durang qayd etdi. To‘plar nisbati 8:2 ni tashkil etadi. 

Eng chiroyli gol muallifi "Paxtakor" himoyachisi Xojiakbar Alijonov, deb topildi. Uning "Navbahor" darvozasiga urgan goli shu nomga munosib, deya e’tirof etildi. 

Va nihoyat, eng yaxshi futbolchi nominatsiyasida "Qizilqum" hujumchisi Temurxo‘ja Abduholiqov g‘olib bo‘ldi. U ushbu oyda 4 o‘yinda 3 ta gol urib, 2 assist qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!