O‘zbekiston U17 termasining o‘yini muddatidan avval yakunlandi

  • 8 iyun, 2023, 15:31
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi doirasida Malayziya U17 - O‘zbekiston U17 terma jamoalari o‘rtasidagi bahs muddatidan avval yakunlandi. Kuala Lumpurning "Persada plyus" stadionida bo‘lib o‘tgan ushbu o‘yin kuzatilayotgan kuchli yog‘ingarchilik sabab 41-daqiqada to‘xtatildi.

Tecno

Salkam bir taym davom etgan uchrashuvda 1:1 hisobi qayd etildi. Vakilimiz Nikolas Akopov 17 daqiqada hisobni ochgan bo‘lsa, Mohammed Non Ezavi 36 daqiqada hisobni tenglashtirdi.

Eslatib o‘tamiz, 6 iyun sanasida, ya’ni ikki kun avval bu jamoalar to‘qnashgandi. O‘shanda O‘zbekiston yoshlari 2:3 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!