O‘zbekistonlik hakamlar "JCh-2026 saralash" uchrashuviga tayinlov oldi

Xabaringiz bor, 2026 yilda Shimoliy Amerikada o‘tkazilishi rejalashtirilgan futbol bo‘yicha Jahon chempionati uchun Osiyo qit’asi saralash uchrashuvlari o‘tgan yilning oktyabr oyida boshlangan va saralashning dastlabki bosqichida hakamlarimiz 3 ta uchrashuvni boshqargan edi.

Saralashning ikkinchi bosqichidan o‘rin olgan Xitoy – Tailand uchrashuvini Ilgiz Tantashev boshchiligidagi hakamlar jamoasi boshqarib boradi. Qanotlarda unga Andrey Tsapenko hamda Timur Gaynullin yordam bersa, yana bir hamyurtimiz Asker Najafaliev zaxira hakami vazifasini bajarishi ko‘zda tutilgan.

Bundan tashqari, ushbu bosqich doirasidagi Qirg‘iz Respublikasi – Malayziya bahsiga yana bir vakilimiz — Vladislav Tseytlin hakamlar nazoratchisi sifatida tayinlov olgan.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!