O'zbekistonning Kanadaга qarshi o'yini rejalashtirilgan vaqtda boshlanmaydi

  • 02.06.2026 05:52
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida bir qator terma jamoalar o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etmoqda. Jumladan, O‘zbekiston milliy terma jamoasi mundial mezbonlaridan biri bo‘lgan Kanadaga qarshi bahs olib boradi.

Dastlab, uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da boshlanishi rejalashtirilgan edi. Biroq sport sharhlovchisi Xayrulla Hamidovning ma’lum qilishicha, o‘yin 15 daqiqa kechikib, soat 06:15 da start oladi.

Ma’lumot uchun, Kanada — O‘zbekiston bahsini "Zo'r TV" hamda "Futbol TV" telekanallari orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!