O‘zil JCh-2018ning ilk bahsida Germaniyaga yordam berolmasligi mumkin

  • 07.06.2018 08:40
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Mesut O‘zil Avstriyaga (2:1) qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik bahsidan so‘ng tizzasida og‘riq his qila boshlagan.

Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra 29 yoshli futbolchi to‘rt kundan buyon jamoa mashg‘ulotlarida ishtirok etmayapti. O‘zil belidagi jarohati sabab hozircha trenajyorda yakka tartibda shug‘ullanmoqda. Ammo, uni tizzasi ham bezovta qilmoqda.

Bild nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “Arsenal” futbolchisi 8 iyun kuni Saudiya Arabistoniga qarshi o‘tkaziladigan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tusha olmaydi. O‘zil shuningdek 17 iyun kuni Meksikaga qarshi JCh-2018ning ilk bahsida ishtirok eta olmasligi ham mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!