Palmer Mourinyo qo‘l ostida o‘ynamoqchi
«Chelsi» yarim himoyachisi Koul Palmer kelajakda Joze Mourinyo qo‘l ostida ishlashga qarshi emasligini ma’lum qildi.
Ma’lumki, portugaliyalik mutaxassis hozirda Madriddning «Real» jamoasini boshqarmoqda. U 13 yillik tanaffusdan so‘ng joriy yil iyun oyida yana madriddliklar bosh murabbiyi sifatida ish boshlagan edi.
– Qachondir Mourinyo jamoasida o‘ynashni istarmiding?
– Ha, ehtimol, – deya javob bergan 24 yoshli futbolchi. Uning so‘zlarini Madrid Zone nashri keltiradi.
Koul Palmerning «Chelsi» bilan amaldagi shartnomasi 2033 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning transfer qiymati 100 million yevro atrofida baholanmoqda.
Joze Mourinyo «Chelsi»ni ilk bor 2004–2007 yillarda boshqargan. Uning klubga ikkinchi qaytishi esa 2013–2015 yillarga to‘g‘ri keladi. «Real» bilan tuzilgan amaldagi shartnomasi esa 2029 yil yozida nihoyasiga yetadi.

Fikrlar