Para kanoe. Shaxnoza finalda, Haytmurod yarim finalda!

  • 4 avgust, 2022, 21:54
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Suv sporti
CHERY AUTO

Kanadaning Galifaks shahrida bo‘layotgan para kanoe bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi kuni ham vakillarimiz uchun muvaffaqiyatli boshlandi.

Tecno

Jumladan, ayollar o‘rtasida KL3 klassida startga chiqqan hamyurtimiz Shaxnoza Mirzaeva 51,87 soniya natija bilan marraga uchinchi bo‘lib etib keldi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri final bahsida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

Erkaklar o‘rtasida VL3 klassida bahslarga kirishgan Haytmurod Sherqo‘ziev esa 50,60 soniya natija bilan marraga ikkinchi bo‘lib etib keldi va yarim final yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!