
Paralimpiya. Tuyabo‘g‘izda mamlakatimizning eng kuchli para kanoechilari aniqlandi
Joriy yilning 19 - 22-oktyabr kunlari Toshkent viloyatida joylashgan Tuyabo‘g‘iz suv ombori havzasida para kanoe bo‘yicha yoshlar va kattalar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘tkazildi.
Milliy Paralimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ushb musobaqada yurtimizning turli hududlaridan jami 70 nafarga yaqin para kanoechi g‘oliblik uchun o‘zaro bahs olib bordi.
Yakunda umumjamoa hisobi quyidagicha ko‘rinish oldi:
1-o‘rin - Toshkent viloyati;
2-o‘rin - Toshkent shahri;
3-o‘rin - Farg‘ona viloyati;
4-o‘rin - Sirdaryo viloyati;
5-o‘rin - Qoraqalpog‘iston Respublikasi.
Qayd etish lozimki, ushbu mamlakat chempionati kelgusi yil yurtimizda o‘tadigan Yoshlar Para Osiyo o‘yinlari hamda bo‘lajak nufuzli xalqaro musobaqalar oldidan muhim tayyorgarlik vazifasini o‘tashga xizmat qiladi.
Fikrlar