
"Paxtakor" 90 daqiqa ichida 20 ta zarba bersa ham g‘alaba qozonmaydi! Nega?
Toshkentning “Paxtakor“ jamoasi Qatarning “Al-Duhail“i bilan to‘qnash keldi. Bahs 0:3 hisobida raqiblarning g‘alabasi bilan yakunlandi. E’tiborlisi shundaki, “sherlar“ o‘yin davomda 15 bor raqib darvozasiga zarba yo‘llagan. Bu “Al-Duhail“ning natijasidan 3 barobar ko‘p degani! Bu statistikani ko‘rgach, barchada “Paxtakor“dan omad yuz o‘giribdi, degan fikr paydo bo‘lishi mumkin. Ammo aslida ham shundaymi?
Birinchi navbatda, bu statistika aslida, nimani bildirishini anglab olish lozim. Keling, ayni damda g‘arb zonasida pley-offga chiqish uchun asosiy da’vogap 4 klub statistikasiga e’tibor qaratamiz:
“Al-Hilol“ - “Sharja“ 2:1
“Al-Shabab“ Riyad - “Al-Jazira“
“Fulad“ - “Ahal“ 1:0
“Paxtakor“ - “Al-Duhail“ 0:3.
E’tibor qaratgan bo‘lsangiz, o‘yin davomida yo‘llangan zarbalarning soni hech qanday rol ijro etmaydi. Ularning aniq borganlari va ularning nechtasi golga aylangani eng muhim omil. “Al-Hilol“ 2 ta gol urgan o‘yinda raqib darvozasiga atigi 4 bor aniq zarba yo‘llagan. Bu imkoniyatlarning 50 foizi golga aylandi degani. “Paxtakor“ni taslim etgan “Al-Duhail“da ko‘rsatkich bundan ham yaxshiroq. 4 urinishda 3 gol. 75 foiz aniqlik! Eronning “Fulad“ klubining ikkita imkoniyatidan biri golga aylandi. Saudiyaning boshqa bir jamoasi “Al-Shabab“da ham shunday ko‘rsatkich. 6 urinishdan 3 ta gol. Xo‘sh, bundan nima xulosa qilishimiz mumkin? Aynan shu omil futbolchilarimizni maydonda ko‘rsatayotgan o‘yin sifatini belgilab beradi. Zamonaviy futbolda allaqachon ustunlik to‘p nazorati yoki zarbalar soni bilan o‘lchanmaydi. Hozir, foydali ish koeffitsenti, XG va boshqa yangi texnologiyalar birinchi planga ko‘tarilgan. Aynan ular yordamida jamoalar kuchni kerakli joyga sarflagan holda, uyushtirilgan hujumlardan naf chiqarishi shart. Har bir uyushtirilayotgan hujum butun jamoaning ma’lum miqdordagi energiyasini sarflanishiga olib keladi. Besamar harakatlar uchun sarflangan “yoqilg‘i“ izsiz ketmaydi. O‘yin borishi davomida jamoada ruhiy va jismoniy muammolar ko‘zga tashlanishni boshladi. Kamroq hujum qilsada, zarbalari aniq bo‘ladigan jamoalar esa ikki hissa engilroq o‘yin ko‘rsatadi.
Yakunda, g‘alaba qozongan jamoa mag‘lub bo‘lgandan ko‘ra ko‘proq kuch tejab qoladi. Qisqa muddatda o‘tadigan musobaqa uchun bu juda muhim omil. E’tibor bergan bo‘lsangiz, yuqorida nomi zikr qilingan klublar o‘z guruhida peshqadamlik qilmoqda. Ular ortda qolgan 3-4 tur davomida zarbalarining aniqligi yuqori bo‘lgani bois kamroq pressing qilgan va kamroq pozitsion hujumga o‘tgan. Bu yaqin kunlarda bo‘lib o‘tadigan o‘yinlarda raqiblarga nisbatan “svejiy"roq bo‘lish imkonini taqdim etadi.
Futbol maydonidagi barcha mehnat samarasini kiritilgan gol bilan o‘lchashadi. 100 yil avval ham shunday edi. 100 yildan keyin hech narsa o‘zgarmasligi aniq. Shunday ekan, ushbu sportdagi eng muhim aspektda oqsamasligimiz shart. Aks xolda, biz chiroyli o‘ynab yutqazaveramiz, raqiblar kamroq yugurib ham g‘alaba qozonaveradi.
Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev
Fikrlar
Сурхон шу темпда кетса хали яхши янгиликлар олдида...
Халкни пулини норози килиб, шилиб олинган харом пуллар эвазига фаолият курсатаётган Пахтаой жамоаси факатгина Узбекистонда чемпион булиши мумкин, лекин халкаро уйинларда ватанни шарманда килиб юраверади!