
"Paxtakor" himoyachisi qishda jamoadan ketadi
Xabaringiz bor, Toshkentning "Paxtakor" klubida portugaliyalik murabbiylar shtabi ish boshladi. Amaldagi murabbiy Maksim Shatskix o‘rnini Pedro Moreyra egalladi.
Bizga ma’lum bo‘lishcha, himoyachi Dilshod Saitov qishki transfer oynasida katta ehtimol bilan "Paxtakor"ni tark etadi. 25 yoshli futbolchi Moreyraning rejalarida yo‘q.
Ma’lumot uchun, Saitov 2024 yilgi mavsumning ko‘p qismini jarohatlar sabab o‘tkazib yubordi. "Sherlar" a’zosi jami 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar